Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Toshkent shahar hokimligi «Paxtakor»ga o‘tkazilgan 7 mlrd so‘mga izoh berdi

Toshkent shahar hokimligi «Paxtakor»ga o‘tkazilgan 7 mlrd so‘mga izoh berdi

Baho:
+ | -

Toshkent shahrining mahalliy byudjetidan «Paxtakor» futbol klubi hisobiga 7 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazib bergani xabar qilingandi. Poytaxt hokimligi ushbu holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan «Paxtakor» futbol klubi Toshkent shahar hokimligi balansiga biriktirilishi va hokimiyat bosh homiy bo‘lishi belgilangan.

«Bu esa futbol klubining xarajatlari asosan shahar hokimligi mahalliy byudjet daromadlarining orttirilgan qismidan qoplab berilishini anglatadi», deyiladi munosabatda.

Ayni paytda «Paxtakor» FK MCHJning 334 nafar xodimi bor, ularning 200 ga yaqini sportchilar bo‘lib, bular – asosiy tarkib, ayollar, yoshlar, futzal hamda ularning turli yoshdagi jamoalari hamda murabbiylardir. Jamiyatning qolgan a’zolari esa OFK va O‘FA reglamenti asosida ishlovchi xizmatchilardir. «Paxtakor» FKning akademiyasida esa bugungi kunda 300 dan ortiq yoshlar ta’lim olayotgan bo‘lib, ularning murabbiylari ham MCHJ xodimlari sanaladi. Ushbu jamoaning mehnat haqi, balansdagi 2 ta baza, 8 ta stadionni saqlash, futbolchilarni vitaminlar bilan ta’minlash, zarur texnik jihozlar xaridi, viloyatlardagi va chet ellardagi safarlar xarajatlarining barchasi ta’sischi, bosh va boshqa homiylar zimmasida.

Shunga ko‘ra, «Paxtakor» FK MCHJ rahbariyatinning Toshkent shahar hokimligiga 2023 yilning 13 iyul kuni yuborilgan xatida 2023 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan 2023 yilning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal to‘lovlar va o‘yin o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun klubga 7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi so‘ralgan. Toshkent shahar hokimining qarori bilan klub faoliyati uchun zarur mablag‘ ajratilgan.

«Bu mablag‘ futbolni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uni kimgadir tegishli tizimni moliyalashtirish degan talqin noo‘rin», deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor» klubining amaldagi rahbari hisoblanadi.

Kiritildi: 22:41, 15.07.2023.
O'qildi: 3236 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.