Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbek futboli va VAR. Bizda u qanday ishlamoqda?

O‘zbek futboli va VAR. Bizda u qanday ishlamoqda?

Baho:
+ | -

Futboldagi hakamlik o‘lmas mavzulardan biri. Nafaqat o‘zbek futboli, balki jahonning istalgan ligasida ham hakamlar faoliyati keskin tanqid, bahs va munozaralarga boy bo‘ladi.

Aslida hakamlik eng mas’uliyatli va og‘ir kasb ekanligini hamma ham his qila olmaydi. Kattagina bosim, ikki jamoa futbolchilari, murabbiylari, rasmiylari, butun stadiondan tashqari hakam o‘z sheriklarining 90 daqiqa davomidagi fikrlarini ham eshitib borishi lozim. Bunday holatga har kim ham dosh bera olmaydi. Psixologik jihatdan zamonaviy futbol hakami katta bosimga dosh bera olishi kerak.

Liga, assosiasiya hamda markaz o‘zaro kelishib, 2022 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi hakamligini alohida suratga tushirib borgandi. Taqdim etilayotgan kadrlar hakamlik mashaqqatlarini qisman bo‘lsada ko‘rsatib beradi. Biz bunda ikki jamoa futbolchilari, rasmiylari va murabbiylarining nohaq e’tirozlariyu, kurakda turmaydigan fikrlarini ochiqlamaslikka qaror qildik va shunday o‘rinlarda mikrofonni o‘chirib qo‘ydik. Vaholanki, o‘yin so‘ngida final hakamligi borasida biror nashr, muxlis yoki jamoa salbiy fikr bildirmagan.

Bosim, haqli yoki nohaq e’tirozlar futbolning ajralmas bir qismi. Bundan qochib qutilishning iloji yo‘q. Ishonamizki, xolis fikr yurita oladigan har qanday shaxs hakamlar ham o‘zimiz kabi oddiy inson ekanligini va doim ham ularga bo‘layotgan e’tiroz o‘zini oqlayvermasligini tushuna oladi. Adashish barchamizga xos. Shunga qaramay, o‘zbek futboli hakamligi assosiasiya hamda markaz tomonidan tinimsiz isloh qilib boriladi, kamchiliklar o‘rganiladi va ularni takrorlamaslik borasida ishlanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:14, 15.07.2023.
O'qildi: 12310 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.