Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Farhod Bekmurotov: «Bunday talabchan muxlislar bizdan faqat g‘alaba kutishadi»

Farhod Bekmurotov: «Bunday talabchan muxlislar bizdan faqat g‘alaba kutishadi»

Baho:
+ | -

Tojikistonda yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoamiz hozirda bor e’tiborini ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan.

Tabiiyki, endilikda futbolchilardagi ma’suliyat yanada ortadi. Chunki ikkinchi davrada bundan-da muhim uchrashuvlar kutmoqda.

Shu o‘rinda jamoa yetakchilaridan biri, mehnatkash futbolchi Farhod Bekmurotov "Andijon" matbuot xizmatiga birinchi davradagi ishtirok, ikkinchi davraga tayyorgarlik va bu yerdagi sharoitlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi davra yaxshi o‘tdi. Buni natijalarimiz ham aytib turibdi. Xudoga shukr, qilgan mehnatlarimizga yarasha mukofotlanyapmiz. Bundan-da yaxshiroq natija bo‘lishi ham mumkin edi. Lekin shunisiga ham shukr. Bu – futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Birinchi davrada yo‘qotgan ochkolarimizni ikkinchi davrada yig‘ib, yanada yuqoriroq natija qilishga va muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Ha, to‘g‘ri aytasiz, mas’uliyat yanada yuqori bo‘ladi. Shundoq ham mas’uliyat kuchli. Chunki bunday talabchan muxlislar bizdan faqat g‘alaba kutishadi. Shuning uchun bor kuchimiz bilan mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilyapmiz. Xudo xohlasa, 2-davrani ham yaxshi o‘tkazamiz, degan umiddaman.

Sharoitlar yaxshi. Ikki mahaldan mashg‘ulot qilish uchun hamma narsa bor. Maydon va trenajyor zal, hammasini yaxshi holatda qilib berishga harakat qilishyapti. Ishqibozlarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishdan charchashmasin. Oila-a’zolarini baxtiga doim sog‘-salomat bo‘lishsin”, - deydi Bekmurotov.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:28, 15.07.2023.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.