Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Bugun «Andijon» Tojikiston superkubogining amaldagi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi

Bugun «Andijon» Tojikiston superkubogining amaldagi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Bugun “Andijon” Tojikiston oliy ligasi ishtirokchisi – “Ravshan Kulob” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bu o‘yin jamoamizning Tojikiston yig‘ini doirasidagi ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuviga aylanadi.

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Ravshan Kulob” jamoasiga “Andijon” klubining sobiq futbolchisi Tohir Mo‘minov bosh murabbiylik qilib kelyapti.

E’tiborlisi, Mo‘minov boshqaruvni o‘z qo‘liga olganidan so‘ng “Ravshan Kulob” ancha o‘sishga erishdi. Fikrimizga isbot tariqasida bu yilgi Tojikiston Superkubogini keltirishimiz mumkin.

6 may kuni “Istiqlol”ga qarshi bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda “Ravshan Kulob” Amirjon Safarovning 7-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Shunday ekan, “Ravshan Kulob” Tojikistoning amaldagi Superkubogi g‘olibi hisoblanadi.

Yana bir qiziq ma’lumot shundaki, Tohir Mo‘minov bosh murabbiyligida “Ravshan Kulob” Tojikistonning amaldagi chempioni – “Istiqlol”ni 3 marta mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.

Ma’lumot uchun, “Ravshan Kulob” 2013 yilgi mavsumda ham Tojikiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2 marta finalda qatnashgan. Oxirgi 5 yildan beri “Istiqlol” Superkubokni o‘ziniki qilib kelayotgandi. Bu safar Tohir Mo‘minov bu jamoaning gegemonligiga chek qo‘ydi.

“Ravshan Kulob” Tojikiston chempionati tarixida 2 marta oltin (2012, 2013), 1 marta kumush (2022) va 3 marta bronza (1999, 2011 va 2015) medallarini qo‘lga kiritgan.  

O‘tgan yili bu jamoa Tojikiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yil esa “Ravshan Kulob” OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Ayni paytda Tohir Mo‘minov o‘z jamoasi bilan OFK Kubogida munosib ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugungi kunda “Ravshan Kulob” Tojikiston oliy ligasida 14 ta o‘yindan so‘ng 6 g‘alaba, 6 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 24 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 18-10.

Ayni chog‘da bu jamoa safida 7 nafar legioner bor. Ganadan 4 ta, Tanzaniya, KotD Ivuar va Ukrainadan 1 nafar futbolchi bor.

Darvoqe, kuni kecha “Ravshan Kulob” o‘zbekistonlik futbolchi Akobir To‘rayev bilan ham shartnoma imzoladi.

Bu o‘yin har jihatdan qiziqarli. Ayniqsa, Tohir Mo‘minovning o‘zi uchun sevimli va qadrdon bo‘lgan sobiq klubiga qarshi o‘yini muxlislarimiz uchun ham juda qiziq tuyulayotgani bor gap.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Ravshan Kulob” o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 18:00 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:16, 16.07.2023.
O'qildi: 1461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.