Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiylari (top-10)

O‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiylari (top-10)

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan mavsumning eng yaxshi murabbiylarini aniqlashda jamoalarning resurslari va toifasiga emas, balki murabbiylik ishiga e’tibor qaratdi.

Kuchli o‘ntalikka kirganlarning hammasi yaxshi ishladi. Ammo o‘tgan mavsumda ko‘plab afsonalar darajalaridan yomonroq harakat qilishdi. ESPN nashri o‘zining reytingida Karlo Anchelottini 2-o‘ringa qo‘ydi. Bu esa ahmoqlikdan o‘zga narsa emas. Unga o‘yinchilarining klassi alohida o‘yinlarda yordam berdi, ammo UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Ispaniya Kubogi futbolchilar va murabbiyning xizmatlarini chalkashtirib yuborish uchun sabab emas. Biroq, siz boshqacha fikrda bo‘lishingiz mumkin. Bu futbolning jozibalaridan biri aniq fan emas, balki bahslar almashishdir.

10. Karlo Anchelotti

Bu yerda kengroq muhokama qilish imkoniyati mavjud. Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Regragi, «Lasio» bilan «A» seriyada 2-o‘rinni qayd etgan Maurisio Sarri, bundan tashqari, Klopp va Erik Ten Xag bu o‘ringa loyiq ko‘rilishi mumkin edi. Lekin ulardan ko‘ra, Anchelotti haqliroq. Chunki, «Liverpul» Chempionlar Ligasidan erta chiqib ketdi. «Manchester Yunayted» esa, Yevropa Ligasi yarim finalida «Sevilya»ga mag‘lub bo‘ldi. Angliya Kubogida ham muvaffaqiyatsiz urunish. APLda «Liverpul»ga 0:7 hisobida yutqazdi.

9. Xavi

«Barselona» murabbiyi Yevropa Ligasida «MYU»ga mag‘lub bo‘ldi, bu jamoa uchun ancha uyatli natija. Lekin ayni vaqtda Ronalduning sobiq jamoasidan ko‘ra yomonroq holatda bo‘lgan klub bilan ishlamoqda. «Ko‘k-anorranglilar»da pul yo‘q, ammo tarkibni ancha kuchaytira oldi. Xavi jamoani ishontira oldi, hattoki, Negreyra muammosi bilan La Ligada «Real»ni mag‘lub etishni uddaladi. Bu borada Klopp va Tuxeldan ko‘ra samaraliroq bo‘ldi. Yangi mavsumga esa Gyundogan kabi o‘z darajasidagi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

8. De Zerbi

Bu o‘rinda Xosep Gvardiolaning fikrini yodga olamiz: «Roberto De Zerbi so‘nggi 20 yildagi eng nufuzli murabbiylardan biri. Roberto Premyer-ligaga kelgach, ijobiy natija kutgandim. Lekin bunchalik tez kirishib ketadi, deb o‘ylamagandim». Italiyalik murabbiy ushbu ro‘yxatga kiritildi. Chunki, u «Brayton»ni o‘z qo‘liga oldi va Yevropa Ligasida ortiqcha byudjetsiz dadil, hujumkor futbol o‘ynaydigan jamoani rivojlantirdi. Yangi mavsumda De Zerbiga qiyin bo‘lishi mumkin. Sababi, klub bir qancha yetakchilarini sotib yubordi. Ammo «chag‘alaylar» har mavsum APLda sezilarli natija ko‘rsatadi.

7. Eddi Xau

«PSJ» va «Bavariya»da juda ko‘p pul bor va ularning futbolda o‘rni katta. «Nyukasl» ham o‘ziga homiy topdi, klub rahbarlari Xauga tarkibni kuchaytirish uchun yetarlicha mablag‘ ajratdi. Ammo «Chelsi» kabi ko‘p va samarasiz transferlar bo‘lmadi. Jamoa yangi mavsumdan boshlab, uzoq kutilgan Chempionlar Ligasida qatnashadi. Xau futbolchilar bilan yaxshi kelisha oldi, Trippyeni jamoa sardori sifatida maydonga boshladi.

6. Zlatko Dalich

FIFAning so‘nggi reytingida Argentina 1-o‘rinda, Fransiya bilan teng ochko jam­g‘argan holda. Keyingi o‘rinlarda Braziliya, Angliya, Belgiya va JCHda qoniqarsiz natija qayd etgan Xorvatiya. Millatlar Ligasida esa, Unai Simonning penaltilar seriyasidagi qahramonligi bilan Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi. Har ikki turnirda ham g‘alabaga bir bahya qolgandi. Modrich terma jamoada ham sovrin yutishi mumkin edi. Dalich inglizlar va fransuzlar kabi resurslarga boy bo‘lmasa-da, xorvatlarning darajasini saqlab qoldi.

5. Simone Inzagi

«Inter» «A» seriyani kubok uchun qurbon qilganidan xabaringiz bor, ammo chempionatda ham uning qo‘li ko‘rinib turardi. Superkubokda «Milan»ni, kubokda «Fiorentina»ni mag‘lub etishdi, so‘ng Istanbuldagi finalda oxirgi daqiqalarda «Manchester Siti»ga yutqazdi. Cheklangan resurslar bilan «Inter» tarkib bo‘yicha «Real»dek emasdir, ammo qo‘shimcha kuchlar bilan Inzagi jangovar jamoani yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

4. Mikel Arteta

Bu pog‘ona juda bahsli, chunki Simone Inzagi yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi. Artetaning futbolda bir qancha xatolari bor. Premyer-ligada Gvardiolaga yutqazdi, Yevropa Ligasida ham «Sporting»ga mag‘lub bo‘ldi. Ammo Mikel «Arsenal»ni ancha jonlantirdi. Buni yildan yilga chempionatda to‘plagan ochkolariga qarasak shundoq ko‘rinadi - 61, 69 va 84. Zinchenko va Saliba «kanonirlar»ning o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Va nihoyat, klub uzoq kutilgan YECHLga qaytdi. Bu murabbiyning yutug‘idir.

3. Luchano Spaletti

Hammasi oddiy ko‘rinsa-da, «Napoli»ni Spaletti Italiya chempioniga aylantirdi. To‘g‘ri, Kvarasxeliya, Osimxen, Di Lorenso va Lobotka kabi futbolchilar butun shaharning yodida qoldi. Lekin bosh qahramon Spaletti baribir. Uning uchun Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan tashqari barchasi zo‘r o‘tdi.

2. Lionel Skaloni

Qatardagi mundialda dastlab, favoritlar qatorida bo‘lmagan jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan murabbiyni pastki qatorda ko‘rishimiz mumkinmi? Bir necha yil oldin Skaloni Ispaniyada beparvo haydovchi sabab o‘lishiga bir bahya qolgandi. Ammo Leo omon qoldi va argentinaliklarni o‘z atrofiga to‘play oldi hamda Messi bilan xalqiga bir olam quvonch olib keldi.

1. Pep Gvardiola

Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi, Premyer-liga va Angliya kubogida g‘olib chiqdi - trebl! Oxirgi mavsum davomida uning jamoasi noodatiy - 3-2-4-1 sxemasiga o‘tib oldi. Stounzni yangi pozisiyada - tayanch yarim himoyada sinab ko‘rdi. Chap qanotda Grilish o‘zini ko‘rsatdi. Xoland ham bir qancha rekordarni yangiladi. Gvardiola esa, shubhasiz mavsum qahramoni!

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:42, 16.07.2023.
O'qildi: 4218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.