Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Frattezi «Juzeppe Meassa»da gol urish va uni nishonlashga shay!

Frattezi «Juzeppe Meassa»da gol urish va uni nishonlashga shay!

Baho:
+ | -

Ko‘plab mashhur klublardan takliflar olgan Davide Frattezi yakunda «Inter»ni tanladi.

Aniqrog‘i, «Sassuolo»da ko‘zga tushlangan italiyalik 23 yoshli iqtidorli yarim himoyachi «neradzurrilar» safiga 1 yillik ijara kelishuvi asosida qo‘shildi. «Inter» buning uchun 6 million yevro to‘laydi. Jamoa keyinchalik futbolchini 27}5 (bonus) millionga sotib olish huquqiga ega. Qolaversa, kelishuvga milanliklar markaziy hujumchisi Samuele Mulattyeri transferi ham qo‘shildi. Xullas, ancha qimmatga tushgan Frattezi endi «Inter» xarajatini oqlash uchun maydonda katta hajmda ish bajarishi kerak. Italiya futboli kelajagi sifatida ta’riflanayotgan pleymeyker «Inter TV»ga bergan eksklyuziv intervyusida «San Siro» yoxud «Juzeppe Meassa» chorloviga tayyor ekanligini, yangi sarguzasht boshlashga sabri chidamayotganini bildirdi.

- Davide, odatiy savol: nega aynan «Inter»ni tanladingiz? 

- Ushbu klub naqadar kattaligini tushunish uchun atrofga qarash kerak. Hammasi bir yarimcha yil oldin boshlandi. O‘shanda «Inter»ga qarshi o‘yinda «San Siro» muhitidan lol qolgandim. Qisqasi, bu yerda o‘ynash imkoniyati yuzaga kelgach, ko‘p o‘ylab o‘tirmadim.

- Yangi tajribadan nima kutyapsiz va «Inter»ga qanday naf bera olasiz? 

- «San Siro»da sovrinlarga ko‘milishdan umidvorman. Maqsadim ancha jiddiy va o‘ylaymanki, jamoaga qator-qator gollar bilan yordam bera olaman.

- Ayrim yangi klubdoshlaringiz bilan terma jamoa orqali tanishsiz... 

- Ha, ko‘pchilikni yaxshi bilaman. Xususan, tengdoshim - 1999 yili tug‘ilgan Alessandro Bastoni bilan uzoq yillardan buyon tanishman - ikkimiz butun yoshlar terma jamoa­lari dovonini birga bosib o‘tdik. Endi klubda ham yo‘llamiz kesishganidan xursandman.

- «Inter»ga qarshi har doim zo‘r o‘ynagansiz, «San Siro»dagi oxirgi bahsdan keyin shaxsan Marottadan maqtov olganingiz rostmi?

- Ha, o‘ta hayajonli lahza. Har holda, raqib jamoa rahbarining e’tirofi har qanday futbolchini to‘lqinlantirib yuboradi. Tanlovimga o‘sha voqea ham ta’sir qildi, albatta.

- «Inter»ga o‘tishingiz shundoq ham yuqori saviyali yarim himoyani yanada kuchaytirishi aniq. Yangi klubga o‘sish uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida qarayotgandirsiz...

- Albatta, axir bu yerda chin chempionlar yonida o‘ynayman va mashg‘ulotlarda ulardan nimalardir «o‘g‘irlashim» mumkin. Albatta, eng ijobiy xislatlarni o‘zlashtirishga harakat qilaman.

- Yangi mavsum hisobidan ilk o‘yin «San Siro»da sobiq klubingiz - «Monsa»ga qarshi kechadi...

- «Monsa» - qalbimdan chuqur o‘rin olgan jamoa, tarkibida ko‘plab do‘stlarim bor. Tabiiyki, ularga qarshi o‘ynash o‘zgacha tuyg‘u uyg‘otsa kerak.

- «San Siro»dek «qaynoq» stadionda o‘ynash bosimi xalaqit berishidan cho‘chimaysizmi?

- Bu stadionda raqib sifatida harakatlanish qiyin, «Inter» futbolchilari esa tribunalardagi muhitdan qo‘shimcha kuch olishadi. To‘g‘risi, «San Siro»dek buyuk arenada gol urish va uni nishonlash onlarini sabrsizlik bilan kutyapman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:50, 16.07.2023.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.