"Vest Xem" hujumchisi jamoadoshi bilan xayrlashdi. Jamoa hujumchisi Janluka Skamakka Deklan Raysga o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali omad tilagan.
Xususan, u Twitter'da shunday yozadi: "Sen maydon va undan tashqarida afsona eding. Yangi jamoangda omad tilayman, sardor". 15 iyul kuni "Vest Xem" Raysning ketganini tasdiqlagan edi.