Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Markaziy Osiyo derbisi prevyusi. "Qayrat" - "Paxtakor"

Markaziy Osiyo derbisi prevyusi. "Qayrat" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" Olma-Otada "Qayrat" bilan Markaziy Osiyo derbisida ishtirok etadi.

Oxirgi marta rasmiy bellashuvda jamoalar Olma-Otada 1990 yil 15 may kuni SSSR chempionati birinchi liga doirasida duch kelishgandi. O‘sha bahs 1:0 hisobida "Paxtakor" g‘alabasi bilan yakunlangan. Igor Shkvirin kiritgan to‘pga mezbonlar javob qaytara olishmagan.

So‘nggi marta Olma-Otada o‘rtoqlik o‘yinida 2003 yil qozoq futbolining 90 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvida "Qayrat" 2:1 hisobida zafar quchgan. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlardan Tlexugov va Qurbonov, jamoamizdan Kapadze gol urgan. Ushbu yilning fevral oyida Toshkentdagi o‘rtoqlik bahsida "Paxtakor" 4:3 hisobida g‘alaba qozongandi.

Olma-Otadagi oxirgi rasmiy o‘yin protokoli
"QAYRAT" - "PAXTAKOR" - 0:1 (0:1).
1990 yil 15 may. Olma-Ota. Markaziy stadion. 8000 tomoshabin.
Hakam: A.Spirin (Moskva).
"Qayrat": Grozdov (Egoshkin), Timofeev, Pinchukov, Neyshteter, Slambekov, Ahmedov (Rikov), Bogatiryov, Aymanov, Mixel, Kariyev, Klimov (Popandopulo).
"Paxtakor": Yanovskiy, Miklyayev, Bilolov, Qosimov, Denisov, Oganesyan, Bondarenko, Pyatniskiy, Abduraimov (Galiyev), Shkvirin, Sharipov (Ro‘zimov).
Gol: Shkvirin, 27 - 0:1.

Rasmiy o‘yinlarda jami 60 to‘qnashuv kuzatilgan. 20 uchrashuvda "Paxtakor", 26 bahsda "Qayrat" g‘alaba qozongan. 14 bellashuv durang bilan tugagan. "Sherlar" 70 to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 81 gol o‘tkazib yuborgan.

O‘zbek va qozoq futboli bayroqdor klublari sanalgan "Paxtakor" va "Qayrat" o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish borasida kelishuvga erishib, bu yo‘lda dastlabki qadam Toshkentda tashlangandi. Endi esa Olma-Otada ikki buyuk tarixga ega klub qozoq futboli ishqibozlari ko‘z o‘ngida maydonga tushadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:48, 18.07.2023.
O'qildi: 4603 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.