Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Fofananing jarohati tufayli "Chelsi" yangi himoyachi qidiradi

Fofananing jarohati tufayli "Chelsi" yangi himoyachi qidiradi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi yaqin kunlarda Uesli Fofananing jarohati tufayli yangi markaziy himoyachi qidirib transfer bozorini o‘rganib chiqadi, deb yomoqda insayder jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” ehtimoliy himoyachi qidirishda transfer bozorida jiddiy ish olib borishni rejalashtirgan, biroq mos futbolchi topilsagina, bu yo‘nalishda yangi transfer masalasini ko‘rib chiqishadi, aks holda ular hozir mavjud bo‘lgan himoyachilar bilan qolishni afzal ko‘rishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana "aristokratlar" bilan AQSH bo‘ylab mavsumoldi turne safariga bormagan edi. Fransiyalik himoyachi tizzasidan olgan jarohati tufayli jamoasi tarkibiga kiritilmadi. Fofana o‘tgan yilning avgust oyida "Lester"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi. 2022/2023 yilgi mavsumda himoyachi “aristokratlar” safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

 

Kiritildi: 19:29, 18.07.2023.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик