Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasi vaqtidagi navbatdagi xaridini amalga oshirdi.
"Ko‘k-anorranglilar" bu safar "Jirona"dan Oriol Romeuni transfer qildi. Kelishuv 2028 yilgacha tuzildi. Tovon puli 400 million yevro.
Avvalroq "Barsa" 31 yoshli futbolchi uchun 4,5 million yevro sarflashi ma’lum bo‘lgandi.