"Liverpul" yarim himoyachisi jamoadan ketishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, Fabinyo "Al-Ittihod"ga 40 million funtga sotilishi mumkin. Bu esa Klopp jamoasida muammolar keltirib chiqaradi.
Bu haqida jurnalist Neyl Jons shunday deydi: "Fabinyoning jamoadan ketishi katta muammoga aylanadi. Ha, bu hali rasman tasdiqlangani yo‘q. Ammo rahbariyat uni yo‘qotishni istamaydi. Klopp uning o‘rnini yopish uchun ko‘p izlanishi kerak bo‘ladi".