Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Issiqko‘l viloyatidagi sammitda turkiyzabon davlatlarning futbol istiqbollari muhokama qilindi

Issiqko‘l viloyatidagi sammitda turkiyzabon davlatlarning futbol istiqbollari muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qirgʻiz Repsublikasining Issiqkoʻl viloyatida Markaziy Osiyoning turkiyzabon davlatlari futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Assotsiatsiyalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan uchrashuvda Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan ushbu uchrashuvda tomonlar har bir futbol assotsiatsiyasining muvaffaqiyatli rivojlanishining asosiy omillari infratuzilmani yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish va yetarli mablagʻ bilan taʼminlash ekanini taʼkidlab, har bir futbol assotsiatsiyasining muvaffaqiyati mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdilar.

Bundan tashqari, futbolchilar va hakamlar yigʻinlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan infratuzilmani barpo etish boʻyicha oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Yigʻilish ishtirokchilari xalqaro miqyosdagi turnirlarni, jumladan, turli yosh toifasidagi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatlarini birgalikda tashkil etish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

“Muxlislarimiz mintaqaviy musobaqalarni va derbilarni qanchalik sog‘inganini 32 yilda birinchi bor o‘tkazilgan CAFA Nations Cup turniri ko‘rsatib berdi. Biz birgalikda, tashabbus ko‘rsatgan holda mintaqa futbolini rivojlantirishimiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi futbol an‘analarini yanada mustahkamlashimiz mumkin. Qozog‘iston vakillari UEFA tajribasidan, biz o‘z navbatida OFK bilan hamkorlikdan unumli foydalanib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish loyihalarini amalga oshira olamiz” - dedi Ravshan Ermatov.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik bayonnomasini tuzish va imzolash, uning asosida ishchi guruh tuzish, keyinchalik ushbu mamlakatlarda futbolni rivojlantirish dinamikasini yaxshilash boʻyicha ish olib borishga qaror qilindi. Assotsiatsiyalar rahbarlari hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:07, 20.07.2023.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик