Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kilian Mbappe transferi «Real»ga 1 milliard yevro daromad keltiradi

Kilian Mbappe transferi «Real»ga 1 milliard yevro daromad keltiradi

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening transferi “Real”ga moliyaviy tomondan katta daromad keltirishi kutilmoqda.

Fransiyalik futbolchi bilan tuziladigan olti yillik shartnoma Madrid jamoasiga 1 milliard yevroga yaqin daromad keltirishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda El Debate xabar qilmoqda.

Mbappening “Real”ga o‘tishi klub uchun nafaqat o‘yin tomondan, balki moliyaviy tarafdan ham ulkan foyda keltiradi. Mbappe nomidagi barcha mahsulotlar sotuvi yangi rekordlar o‘rnatadi.

“Real” bilan hamkorlik qilayotgan barcha xomiylar o‘z takliflarini yaxshilashiga to‘g‘ri keladi, chunki bozordagi narxni ko‘tarib yuboradigan yangi raqobatchilar paydo bo‘ladi. Shuningdek, yangilangan “Santyago Bernabeu”ga keladigan xomiylarni ham unutmaslik kerak.

Dastlabki hisob-kitoblar Mbappening “Real”ga o‘tishi klubga 1 milliard yevro daromad olib kelishini ko‘rsatmoqda. Bu raqam jamoa Kilian bilan yutadigan sovrinlar hisobiga yana ko‘tarilishi mumkin, — deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, ispan klubi 24 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib qo‘ygan. Unga ko‘ra, Kilian “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa yiliga 54 million yevro maosh oladi.

Avvalroq Mbappe “PSJ” bilan shartnoma uzaytirmasa yoki shu yozda jamoani tark etmasa klub uni mavsum davomida maydonga tushirmasligi haqida xabarlar yangragandi. Mbappening “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida yakunlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:24, 20.07.2023.
O'qildi: 8619 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик