Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Official. UYEFA tomonidan eng tezkor deb topilgan futbolchilarni bilib oling!

Official. UYEFA tomonidan eng tezkor deb topilgan futbolchilarni bilib oling!

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" o‘tgan mavsum oxirida YECHL g‘olibiga aylangan edi. Eng qizig‘i, "shaharliklar" eng tezkor o‘nta futbolchisiz bu ishni amalga oshirdi. Ularga raqib bo‘lgan "Inter"da ham shunday holat. Quyida UYEFA rasman eng tezkor deb topgan o‘nta futbolchi nomi keltiriladi.

10. Dominik Soboslai
Klubi: "Liverpul" /"Leypsig"
Tezligi: 35.9 km/soat

Vengriya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchi dunyoga o‘zining pleymeykerlik mahorati va vaziyat yaratish darajasi bilan tanilgan. Biroq, Soboslai kuchli jismoniy darajaga ega. Uning tezligi ko‘p narsaga imkon beradi. Ha, u "Liverpul"ga o‘tganligi sababli, yangi mavsumda YECHL ishtirokchisi bo‘la olmaydi. Ammo muxlislar yaqin kelajakda yana Soboslaini eng nufuzli turnirda ko‘rishga umid qiladi.

9. Mussa Diabi
Klubi: "Bayer Leverkuzen"
Tezligi: 36.1 km/soat

"Bayer 04" Xabi Alonsoning ilk mavsumida YECHLda katta natijaga erishmadi. Ammo o‘yini chiqmagan jamoa ichida Mussa Diabi ajralib turardi. Fransiya terma jamoasi a’zosi ayni damda "Aston Villa" va "Arsenal" radarida turibdi. Yaqin kelajakda hujumchini APLda ko‘rsak, ajab emas.

8. Karim Adeyemi
Klubi: "Borussiya Dortmund"
Tezligi: 36.1 km/soat

Adeyemi o‘zining Bundesligadagi ilk mavsumini oson o‘ykazmadi. Moslashuvchan hujumchi YECHLning ayrim o‘yinlarida porlagandi. Shulardan biri nimchorak finalning "Chelsi"ga qarshi kechgan birinchi bahsi bo‘ladi. Karim mezbondagi bahsda 1 ta gol ustunligini ta’minlaydi. Biroq, ikkinchisida emas.

7. Nunu Tavaresh
Klubi: "Arsenal"/ "Marsel"
Tezligi: 36.2 km/soat

"O‘zi YECHLda o‘ynashni xohlaysanmi? Senga aytyapman, o‘sha la’nati Chempionlar ligasida o‘ynashni istaysanmi dedim?"
Mikel Arteta 2021-22 yilgi mavsumda Nunu Tavareshga qarab mana shunday baqirgan edi. Afsuski, yangi masvumni "Arsenal" YELda o‘tkazdi. Tavaresh esa "Marsel"ga ijaraga ketadi va u yerda YECHL ishtirokchisiga aylanadi.

6. Federiko Valverde
Klubi: "Real"
Tezligi: 36.3 km/soat

Valverdening yuqori tezligi "Real"ga katta o‘yinlarda ko‘p yordam beradi. Qanotda harakat qilganida, urugvaylik futbolchiga bu asqotadi. Yarim himoyada esa Valverde, Kroos va Madrich qila olmaydigan ishlarni tezligi orqali amalga oshiradi. U Anchelotti jamoasida hozir juda ham muhim figura.

5. Gabriel Veron
Klubi: "Portu"
Tezligi: 36.4 km/soat

Veron endigina bir mavsumni Yevropada o‘tkazdi. Shunga qaramay, braziliyalik vinger hammani o‘zining tezkorligi va texnikasi bilan hayron qoldira oldi. Tez orada Veronni katta klublar o‘ziga jalb qilsa kerak.

4. Rafael Leao
Klubi: "Milan"
Tezligi: 36.5 km/soat

O‘tgan mavsum Leao va "Milan" uchun ancha yaxshi o‘tishi mumkin edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Italiyaning eng shonli jamoasi bo‘lgan "Milan" YECHLning chorak finalida "Napoli"ni taslim etadi. Yarim finalda esa "Inter"ga ro‘baro keladi. Ilk o‘yin oldidan muhim figura bo‘lmish Leao jarohat oladi. Oqibatda, Istanbul yo‘llanmasiga "Inter" ega chiqdi.

3. Usmon Dembele
Klubi: "Barselona"
Tezligi: "36.6 km/soat

Xavi Dembeleni "Barsa"da qoldirishga ko‘ndirgan edi. Bu qaror har ikki tomon uchun foydali bo‘ldi. Afsuski, Dembele jamoasi YECHL guruh bosqichidan nariga o‘ta olmadi. Qanday afsus!

2. Mixail Mudrik
Klubi: "Chelsi" / "Shaxtyor Donesk"
Tezligi: 36.6 km/soat

Mudrik 2022/23 yilgi mavsumni og‘ir o‘tkazdi. "Shaxtyor"da katta nom bo‘lib tuyulgan hujumchi, "Chelsi"da ko‘rinmay qoldi. Bir narsa aniqki, ukrainalik futbolchi oldida hali uzoq yo‘l bor. Bu yo‘l davomida unda o‘zinik yana ko‘rsatish imkoni bo‘ladi.

1. Alfonso Deyvis
Klubi: "Bavariya"
Tezligi: 37.1 km/soat

Agarda yuqoridagi futbolchilar statistikasiga nazar solmagan bo‘lsangiz, yaxshilab qarang va o‘rganing. Alfonso Deyvis ro‘yxatdagi eng yaqin ta’qibchisidan 0.5 km/soatga tezroq. Bu esa kanadalikning nimalarga qodir ekanidan dalolat beradi. "Bavariya" Deyvisdan hali uzoq yillar foydalanishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:01, 20.07.2023.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.