Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganini tasdiqlashdan bosh tortdi.
Taxminlarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Braziliya futbol federasiyasi bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, u 2024 yilning yozida - "Real Madrid" bilan kelishuv muddati tugaganidan so‘ng darhol kuchga kiradi.
Murabbiyning o‘zi kelajagi haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga shoshilmayapti: "Braziliya terma jamoasi haqida gapirmayman. Men "Real Madrid" murabbiyiman va shunday bo‘lib qolaman. Bu borada boshqa aytadigan gapim yo‘q. Shartnomam bor, uni oxirigacha ishlab chiqaman. Kelgusi yil nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi Anchelotti.