Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Erkin agentga aylangan eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan terma jamoa: De Xea, Dembele, Lingard...

Erkin agentga aylangan eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan terma jamoa: De Xea, Dembele, Lingard...

Baho:
+ | -

2023 yilning yozgi transferlar oynasidamiz. Bozorning yarmi o‘tib bo‘lganiga qaramay, ayrim superyulduzlar hali ham o‘z jamoasini qidirish bilan band. Ular ichida APL afsonalaridan tortib, Jahon chempionlarigacha bor. Quyida ulardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishasiz.

Darvozabon: David De Xea

"Manchester Yunayted"da 10 yilda ortiq harakat qilgan futbolchi, jamoadan ketdi. De Xea so‘nggi mavsumlarda Yevropaning eng yaxshi haq to‘lanadigan futbolchilari qatorida edi. Ketadi-qoladi degan gaplar ko‘p yangradi. Ammo darvozabon 12 yildan keyin "MYU" bilan xayrlashganini e’lon qildi. Ispaniyalik futbolchi so‘nggi mavsumida APLning "oltin qo‘lqop"iga ega chiqdi. Biroq, uning yoshi Erik ten Xag jamoasiga ortiq mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. David De Xeaga tez orada Saudiya Arabistoni jamoalari ega chiqsa, ajab emas.

Markaziy himoyachi: Yerri Mina

Futbolchi "Everton"ni tark etgan edi. Mina ketishidan oldin shunday xayrlashdi: "Bu klub sharafini himoya qilish men uchun katta baxt. Qayerda bo‘lsam ham "Everton" mening qalbimda bo‘ladi. Jamoa muxlislarini ham hech qachon unutmayman".
Minaga "Fulxem" qiziqish bildirgan. Uni yangi mavsumda yana APLda ko‘rish, hammani xursand qilgan bo‘lardi.

Markaziy himoyachi: Serxio Ramos

Dunyoning eng ko‘p sovrinlariga ega bo‘lgan himoyachilaridan biri "PSJ"dan ketgandi. Ramos o‘tgan mavsumda ham Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Messi bilan birga ikki mavsumdan keyin Parijni tark etgan himoyachi, Leodan farqli ravishda hali yangi jamoa topa olmadi. 37 yoshli futbolchini tez orada AQSH yoki Saudiyada ko‘rib qolsak, ajab emas.

O‘ng qanot himoya: Reji Kennon

Kennon faoliyati davomida katta yulduzlar bilan harakat qilgan. U AQSH terma jamoasida 28 ta bahsda maydonga tushgan edi. 25 yoshli futbolchi yaqindagina Portugaliyaning "Boavishta" klubini tark etgandi. Kennon katta ehtimol bilan o‘z yurtiga, MLSga qaytsa kerak.

Chap qanot himoya: Jan-Keven Dyuvern

Ro‘yxatdagi eng notanish nomlardan biri aynan Dyuverndir. 26 yoshli himoyachi so‘nggi mavsumlarda Fransiyaning "Brest" klubi sharafini himoya qildi. U 100 dan ortiq Liga 1 bahslarida qatnashgan. Shartnomasi tugagani sababli Dyuvern erkin agentga aylangandi.

Yarim himoyachi: Tyemue Bakayoko

Bakayoni "Chelsi" tarixidagi eng yomon xarid deyish mumkin. U sotib olinganidan keyin, asosan ijaralarda yurdi. Yarim himoyachi "Monako"ning 2017 yilgi fantastik mavsumida nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgandi. Bakayokoning eng omadli ijara davri "Milan"dagi 2021-22 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. U milanliklar bilan Italiya chempionligiga erishgandi.

Yarim himoyachi: Daiti Kamada

Dunyoning eng qimmat erkin agenti, hozirda Kamada hisoblanadi. Yaponiya terma jamoasi a’zosi olti yildan beri "Ayntraxt"da edi. 26 yoshli yarim himoyachiga ega chiqmoqchi bo‘lgan klublar bisyor. Ular ichida "Roma", "Milan" va "Atletiko"lar bor. O‘tgan mavsumda Kamada 9 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qilgandi.

Yarim himoyachi: Jessi Lingard

"MYU" tarbiyalanuvchisi so‘nggi yillarni omadsiz o‘tkazdi. Lingardning eng yaxshi davri 2020-21 yilgi mavsumda "Vest Xem" bilan o‘tadi. "Qizil iblislar" safini tark etgach, u "Nottingem"ga yo‘l oladi. Bir mavsum davomida o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi, jamoani erkin agent maqomida tark etdi. 30 yoshli futbolchi hozir o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

O‘ng qanot hujum: Adama Traore

Hujumchining 194 ta APL bahsida 10 ta gol va 18 ta assisti shuni ko‘rsatadiki, ispaniyalik futbolchi kutilmalarni oqlay olmadi. Shu sababdan "Vulverxempton" Traore bilan xayrlashishga majbur bo‘lgandi. 27 yoshli futbolchiga Saudiyadan takliflar borligi aytilgan.

Chap qanot hujum: Vilfrid Zaa

Xabarlarda Zaa uchun takliflar o‘ta ko‘p ekani aytiladi. Zaa "Kristal Pelas"ni 9 yillik hamkorlikdan keyin tark etgandi. 30 yoshli hujumchi oldida hozirda ikkita variant bor. Ulardan biri Yevropada qolib, YECHLda o‘ynash bo‘lsa, boshqasi yirik summa evaziga Saudiya Arabistoniga yo‘l olishdir. Ikki yo‘l ichida eng munosib tanlovni Zaaning o‘ziga qoldiramiz.

Hujumchi: Mussa Dembele

Fransuz futbolchisi "Lion"da o‘ta muhim figura edi. U jamoasi uchun 129 ta bahsda 56 ta golga mualliflik qildi. Dembelega, Aleksander Lyakazettning qaytishidan so‘ng, kam imkoniyat berila boshladi. Shu sabab u jamoadan ketdi. Hujumchi ayni damda "Everton" va Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al-Ittifoq"dan takliflarga ega.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:23, 21.07.2023.
O'qildi: 3310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.