Qanot hujumchisi Natan Redmond faoliyatini yana o‘ziga tanish bo‘lgan Angliyada davom ettiradi. U "Byornli" bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli ingliz 2022 yilda "Sautgempton"dan Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga o‘tgandi. 1 mavsumdan so‘ng u yana ona vataniga qaytdi.