"Vilyarreal" hujumchisi Arno Danjuma Angliyaning "Everton" klubiga o‘tishga yaqin.
Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bugun gollandiyalik "irischilar" lagerida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
Avvalroq "Everton" Danjumaning bir yillik ijarasi uchun 4 million yevro to‘lashi xabar qilingandi. Gollandiyalik futbolchiga qiziqqanlar orasida "Milan" bu summani to‘lashdan bosh tortdi.