"Vest Xem Yunayted" hujumchisi o‘z vataniga qaytadi. Xabarlarga ko‘ra, London klubi futbolchisi Janluka Skamakka shaxsiya sabablarga ko‘ra, klubning mavsumoldi safarini tark etgan.
U ayni damda Italiyada bo‘lib turibdi. Ushbu xabar hujumchining "Roma"ga qaytishi borasidagi mish-mishlarni ko‘paytirib yubordi. Joze Mourinyo 24 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib keladi.
Skamakka ham Rimga qaytishga qarshi emas. U "Roma" tarbiyalanuvchisi sanaladi va o‘z jonajon klubi sharafini himoya qilishni istaydi.