“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning Italiyadagi vakili Valerio Guffrida mijozining “Kalyari”ga o‘tishi haqida gapirdi.
"Ha, albatta, Eldor "Kalyari"da ijara asosida o‘ynaydi", - deydi Guffrida.
Avvalroq, "Kalyari" Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir million yevroga ijaraga olishi haqida xabar berilgandi. Mavsum oxirida Eldorni to‘qqiz million yevroga sotib olish mumkin.













