Ispaniyalik “Betis” yarimhimoyachisi Serxio Kanales rasman Meksikaning “Monterrey” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda Sevilya klubi matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi va uning yangi jamoasi o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolangan.
Yarimhimoyachi “Betis”da faoliyatining so‘nggi besh yilini o‘tkazdi, shu vaqt ichida 207 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













