Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Luis Suares «Inter Mayami»ga o‘tish uchun o‘z shartnomasini «Gremio»dan sotib olmoqchi

Luis Suares «Inter Mayami»ga o‘tish uchun o‘z shartnomasini «Gremio»dan sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Urugvaylik futbolchi Luis Suares Lionel Messi ortidan “Inter Mayami”ga o‘tmoqchi.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, Suares hozirgi jamoasi “Gremio”dan shartnomasini qolgan qismini sotib olib, faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Amerika klubi ham Lionel Messi, Serxio Buskets hamda Xordi Alba transferlaridan so‘ng, urugvaylik hujumchi transferi bo‘yicha ham ish olib bormoqda. Biroq, Braziliya klubi Luisni qo‘yib yuborish istagida emas.

Bu esa hujumchi va klub o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi sabab bo‘lgan. Suares jamoaning so‘nggi o‘yini qaydnomasiga kiritilmagan. O‘yindan so‘ng “Gremio” bosh murabbiyi Renato Gausho matbuot anjumanida Suaresning taqdiri haqida gapirishdan bosh tortgan.

Braziliya jamoasi futbolchiga ultimatum qo‘ygan: yo shartnomasini to‘liq sotib olish yoki shu bitim oxiriga qadar o‘ynab berish. Luis Suaresning “Gremio” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil dekabriga qadar mo‘ljallangan. Agar Luis o‘z shartnomasiga to‘lov qiladigan bo‘lsa, 10 million dollar atrofida to‘lab berishi lozim bo‘ladi.

Undan tashqari Luis hozirda 36 yoshda va doimiy jarohatlar tufayli faoliyatini yakunlash haqida o‘ylab yurgandi. Endi esa sobiq jamoadoshlari yig‘ilgan “mini-Barselona”ga o‘tish uchun o‘z shartnomasiga o‘zi sotib olishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” Lionel Messi va Serxio Busketsni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bir necha kundan so‘ng esa Xordi Alba transferini ham e’lon qildi. Luis Suares ushbu futbolchilar bilan “Barselona”da birga to‘p surgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:33, 25.07.2023.
O'qildi: 2562 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.