Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Samuel Opex: "Lokomotiv" uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman"

Samuel Opex: "Lokomotiv" uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" himoyachisi Samuel Opex birinchi davra haqida gapirdi.

- Birinchi davra haqida nima deysiz?

- Menimcha, birinchi davrada oldimizga qo‘yilgan vazifani ortig‘i bilan bajara oldik. Albatta, bunga murabbiylar shtabining ko‘rsatmalari asosiy o‘rinda bo‘ldi. Ular har bir bahs biz uchun finalga teng ekanligini tushuntirishdi. Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlashimiz bejizga emas.

- Davradagi eng yaxshi o‘yiningiz haqida.

- "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yin. U yerda raqibdan 1 kishi kam bo‘lib qolganimizga qaramasdan, o‘yin yakunigacha g‘alaba uchun harakat qildik va maqsadimizga erishdik. Bunday kayfiyat mavsum yakuniga qadar jamoani tark etmasligi uchun harakat qilamiz.

- Ikkinchi davra haqida nima deysiz?

- Mavsumni yaxshi tugatish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bilamiz, bu oson bo‘lmaydi. Jamoada mentalitet shunday - barchamiz ushbu mavsumni peshqadam sifatida yakunlashni niyat qilganmiz. Shu sababli barcha o‘yinlarda bor kuchimiz bilan o‘ynashga harakat qilyapmiz. Navbatdagi mavsumda "Lokomotiv" Superligada o‘ynashiga ishonaman.

- "Lokomotiv"dagi maqsadingiz qanday?

- Sovrin yutish. "Lokomotiv" uchun jonimni berib o‘ynashga tayyorman. Sovrinlar va orzular asta-sekinlik bilan keladi.

Kiritildi: 22:14, 25.07.2023.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик