Raul Ximenes "Vulverxempton"dan "Fulxem"ga ko‘chib o‘tdi.
London klubi 32 yoshli hujumchining transferini e’lon qildi. U yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Fabrisio Romanoning fikricha, transfer summasi 5,5 million funtni tashkil qilgan.
Oldinroq jamoa Saudiyaning "Al-Hilol" klubiga o‘tishga yaqin turgan Aleksandr Mitrovich o‘rniga Ximenesni sotib olishayotgani xabar qilingandi.
Premyer-liganing 2022/23 yilgi mavsumida Ximenes 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













