Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sardor Abdunabiyev: "Maqsadimiz faqat g‘alaba"

Sardor Abdunabiyev: "Maqsadimiz faqat g‘alaba"

Baho:
+ | -

28 iyul kuni Andijonda katta futbol bayrami. Shu kecha “Andijon” klubi ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida “Nasaf”ni “Bobur Arena”da qabul qiladi. Nihoyat, andijonliklar jonajon uyiga qaytishdi.

Yodingizda bo‘lsa, mavsumning ilk turida “Andijon” “Nasaf”ning maydonida Sardor Abdunabiyevning supergoli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib qaytishgandi. Bu safar ham Abdunabiyev va uning jamoasi g‘alaba ishtiyoqida jiddiy tayyorlanishmoqda.

Bo‘lajak bahs oldidan aynan o‘z goli bilan “Nasaf”ni tiz cho‘ktirgan Sardorga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Ikkinchi davra boshlanish arafasida. “Andijon” esa “Nasaf”ga qarshi astoydil tayyorgarlik ko‘ryapti. Bo‘lajak o‘yin oldidan nimalarni ayta olasiz?

- Bu o‘yinga barchamiz jiddiy tayyorlanyapmiz. Bilasiz, chempionatning 1-turida safarda “Nasaf”ni yutib kelganmiz. Ikkinchi davrani ham g‘alaba bilan boshlamoqchimiz. Biz shunchaki o‘ynamaymiz. O‘z kuchimizni namoyish qilib, muxlislarimizni xursand qilgan holda yutmoqchimiz. O‘zimizning maydonimizda ochilish marosimi ham bo‘ladi. Bo‘lajak uchrashuv qanday bo‘lishini o‘ylab, hozirdan yaxshi his qilyapmiz. “Andijon” muxlislarini hamma biladi. Stadionda muhit umuman boshqacha bo‘ladi. Shunga yarasha biz ham qattiq tayyorgarlik ko‘ryapmiz, maqsadimiz faqat g‘alaba! Albatta, buni eplay olamiz va qurbimiz ham yetadi.

- “Nasaf”ning hozirgacha yagona mag‘lubiyati “Andijon” bilan uchrashuvda sodir bo‘lgan va sizning urgan chiroyli golingiz o‘yin taqdirini hal qilgan. O‘sha uchrashuvni tez-tez eslab turasizmi yoki...

- Albatta, men uchun hali hammasi oldinda. Yana bunday chiroyli gollarni urishim kerak. Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Ha, o‘shanda yaxshi gol bo‘lgan. Ammo gol chiroyli yoki oddiy holatda kiritilmasin muhimi, jamoamizga g‘alaba keltirsa bo‘lgani. Bu biz uchun katta sharaf bo‘ladi.

- Oldinda yana “Nasaf” bilan o‘yin kutib turibdi. Faraz qiling, sizga yana chiroyli gol urish imkoniyati taqdim etilyapti va bu o‘yin taqdirini hal qiladiyu, ammo mavsum oxirigacha boshqa gol ura olmasangiz, bunga rozi bo‘larmidingiz?

- Yo‘q. “Nasaf”ga gol urib, bu yog‘iga gol urmaslik to‘g‘ri kelmaydi. “Nasaf”ga ham, boshqa jamoaga ham gol urib “Andijon”ning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shsam bo‘lgani. Men uchun muhimi shu. Menga chiroyli emas, balki g‘alaba goli bo‘lsa yetarli. Bu orqali jamoadoshlarimiz bilan xursandchilik qilsak, bu juda ajoyib bo‘ladi.

- Demak, yana “Nasaf”ga gol urish niyatingiz bor...

- Albatta, gol urish niyatim bor. Bu uchrashuvda g‘alabadan boshqa narsani o‘ylamayapmiz. Bundan boshqa ilojimiz ham yo‘q. Muxlislarimiz ham shuni talab qilishadi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

- Nihoyat, “Andijon” “Bobur Arena”ga qaytyapti. Tabiiyki, o‘sha kuni muhit betakror darajada bo‘ladi. Shularni o‘ylaganingizda nimalarni his qilyapsiz?

- Albatta, ishqibozlarimiz biz uchun shunday muhit yaratishyapti va biz ham qarab turmaymiz. Shunga loyiq darajada o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. G‘alabamiz bilan stadiondagi muhitni yanada bezatib berishimiz kerak.

- Jamoaning yozgi tayyorgarligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

- Hammasi reja bo‘yicha yaxshi bo‘ldi. Tojikistonda yig‘in o‘tkazdik. Yaxshi raqiblarga qarshi o‘ynadik. O‘z o‘yinimizni kuchaytirib, yanada jangovar o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:30, 26.07.2023.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.