Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yurgen Klopp: «Bizda hamma chin professional»

Yurgen Klopp: «Bizda hamma chin professional»

Baho:
+ | -

Yangi mavsum arafasida «Liverpul» markaziy chizig‘ini ancha kuchaytirib olgan Yurgen Klopp yaqinda klub rasmiy saytiga tayyorgarlik yuzasidan intervyu berdi. Germaniya­lik mutaxassis suhbat jarayonida yangi futbolchilarga ham to‘xtaldi, shuningdek, bo‘lajak mavsumga qatarilgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Janob Yurgen, mavsum­oldi mashg‘ulotlari qanday ketmoqda?

- Juda-juda yaxshi. Ishni 8 iyul kuni bir guruh futbolchilar bilan boshladik, qolganlar 12-sanada yetib kelishdi. To‘g‘ri, hali jarohatdan qutulmaganlar ham bor, muhimi, hamma shu yerda va yigitlarning umumiy holati yaxshi. Mashg‘ulotlar qiziqarli, kayfiyat ajoyib. Ha, ob-havo kutilmagan holatlarni keltirib chiqardi, mashg‘ulot boshlaganimizdan buyon deyarli hammasini ko‘rdik. Ammo shikoyatga o‘rin yo‘q.

- Endi ixtiyoringizdagi deyarli barcha futbolchilar umumiy guruhda shug‘ullanishmoqda...

- Takrorlayman, yigitlarda funksional holat yomon emas. Hozircha Xarvi Elliott va Kertis Jons kelishmadi, Stefan Baychetich hamda Tyago Alkantara ham dastlabki mashg‘ulotlarda qatnashishmadi. O‘ylaymanki, hamma energiyaga to‘la. Tanaffus ortda qoldi va yigitlar ishlashga tayyorlar - ilk taassurotim shunday.

- Soboslai va MakAllis­ter haqida nima deysiz?

- Ularning safimizda ko‘rishdan bag‘oyat xursandman. Aleksis bilan tanishishgach, darhol unga qanday laqab qo‘yish haqida o‘yladim va miyamga Gari (Gari MakAllister sharafiga) keldi. Aleksisda saviya bor, xuddi Dominik  kabi, bunga shubha yo‘q. Ularning transferi e’lon qilingach, jamoada futbolchilar hayratlarini yashirishmadi, chunki bu yigitlar nimalarga qodir ekanliklarini yaxshi bilishadi. Umuman, Aleksis va Dominik ilk mashg‘ulotlardagi ishlari bilan ham hammani hayratga sola boshlashdi. Darvoqe, joriy yoz ba’zi o‘zgarishlar ham kuzatildi. Deylik, Trent eng yaxshi davrdagi soch turmagiga qaytdi! U jamoa muvaffaqiyati yo‘lida ajoyib qiyofasini qurbon qildi va buni qadrlayman!

- Sizni yana kim hayratda qoldirmoqda?

- Katta syurprizlar yo‘q. Hech kim loaqal 5 kilogramm ortiqcha vazn olishga ulgurmabdi. Binobarin, bizda hamma chin professinal. Tushunish kerak, ilk mashg‘ulotda o‘ta yaxshi holatda bo‘lish shart emas. Aksincha, bosimsiz ishlash va shaylanish muhim. Menimcha, buni hattoki, barcha yigitlar ham to‘liq tushunishmaydi. Mavsumoldi yig‘inlari doirasidagi ilk o‘yinlar sport formasini tiklash uchun xizmat qiladi. To‘g‘risi, hozir ayrimlar ta’tilda hattoki, me’yoridan ko‘proq ishlashganini ko‘rish mumkin. 

- Yig‘inlar bo‘yicha rejalaringiz...

- Asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratamiz. Albatta, taktik mashg‘ulotlar ham yo‘q emas. Shuningdek, texnika ustida ishlaymiz. Chunki oddiy texnika va jismoniy yuklama ostidagi texnika o‘rtasida katta farq bor. Uslub va moslashuvchanlik ustida ham ishlash kerak. Mashg‘ulotlarimizni kuzatgan kishi nima qilayotganimizni osongina anglashi mumkin. Umuman, har doim maromiga yetkazish talab etiladigan jihatlar topiladi, masalan, qarshi pressingni yaxshilash kerak. To‘g‘ri, umid qilamanki, buni tez-tez qo‘llashimizga hojat sezilmaydi, chunki o‘yinni to‘p nazorati ustiga quramiz! Ha, o‘yin hamisha siz xohlagandek kechmaydi, shuning uchun himoya borasida ham izlanish talab etiladi. Umuman, muammolarimiz o‘zimizga ma’lum va ularni to‘g‘rilash harakatidamiz. Muhimi, ishni nol emas, balki ma’lum bir nuqtadan boshlaymiz.

- Yozda buva bo‘ldingiz. Bu qanday ekan?

- Ha, endi faqat tashqi qiyofam bilan bobo emasman, balki nabiram bor! Bu yoz chindan ham, ajoyib! Nabira bilan 4 hafta bo‘lish - katta baxt. Endi biroz chetga chiqishim tayin, lekin unga qalban yaqinman, baribir. Hammasi zo‘r, chaqaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda. Juda uzoq vaqt yosh ota rolida edim, lekin endi boshqacha. To‘g‘ri, har qanday holatda ham, deylik, farzandingizni velosipedda aylantirganingizni sira unutmaysiz. Ehtimol, nabiramning tug‘ilgani so‘nggi 30 yilda shaxsiy hayotimda kuzatilgan eng yoqimli voqeadir...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 26.07.2023.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.