"Brayton" yarim himoyachi Moyses Kaysedoni sotishga shoshilmayapti.
Payshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, "chaykalar" "Chelsi"ning 21 yoshli futbolchi uchun yana bir taklifini rad etishdi. Jurnalist Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, "Brayton" ekvadorlik futbolchini o‘z safida saqlab qolishga qaror qilgan va agar potensial xaridorlar 100 million funtdan ko‘proq summa (taxminan 116 million yevro) taklif qilmasa, uni shu yozda sotish haqida o‘ylamaydi ham.
Transfermarkt ekspertlari Moyses Kaysedoning narxini ancha past - 75 million yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.













