Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

"Yuventus" nima uchun UYEFAga ortiqcha qarshilik ko‘rsatmadi?

"Yuventus" nima uchun UYEFAga ortiqcha qarshilik ko‘rsatmadi?

Baho:
+ | -

UEFA "Yuventus"ning 2023/24 yilgi Konferensiyalar ligasidan chetlatilganini rasman tasdiqladi. Turinliklar o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra ushbu musobaqaga yo‘l olgandi, ammo endi UEFA bilan kelishuv natijalariga ko‘ra klub yevrokuboklar mavsumini o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, ular 20 million yevro jarimaga tortildi. Agar keyingi uchta moliyaviy hisobot yana UEFAga yoqmasa, ya’ni qoidalarga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq summani to‘lashga to‘g‘ri keladi, hozircha faqat 10 million miqdoridagi jarima amalda bo‘ladi.

Bu "Yuventus"ning buxgalteriya hisoboti bilan bog‘liq firibgarligining oqibatlari. Noto‘g‘ri manipulyasiya mojarosi davom etmoqda

"Yuve" to‘rtta holatda tekshirildi, barcha qoidabuzarliklar bitta narsaga to‘g‘ri kelmoqda - raqamlarni almashtirish va shartli kapital olish. "Yuve" 2020 yilning kuzidan boshlab barchaning e’tiboriga tushdi. Italiya prokuraturasiga Turin klubining transferlar siyosati va narxlarning oshib ketgani yoqmadi, bu esa boshqaruvchi direktor Fabio Paratichiga bog‘liq edi. "Yuventus" eski hisob-kitob bo‘shlig‘idan amortizasiya bilan foydalangan. Sotishdan tushgan foyda bir zumda byudjetda hisobga olinadi va xaridlardan ko‘rilgan zarar shartnoma muddatiga taqsimlanadi.

Kapitalning keskin o‘sishi korona inqirozidan omon qolishga va hatto o‘rnatilgan yuqori balansdan omon chiqib ketishga yordam berdi. Klub o‘zi topganidan ko‘ra ko‘proq pul sarfladi, lekin hujjatlarda hamma narsa boshqacha bo‘lgani ko‘rindi. Bunga yorqin misol Miralyem Pyanichning "Barsa"dagi Artur bilan g‘alati almashinuvi bo‘ldi. Prokurorlar "Yuventus"ni pandemiya davrida maoshlar borasida qalloblik qilganini taxmin qilishdi: go‘yoki futbolchilar maoshlarning qisqarishiga rozi bo‘lishgan, biroq ularga konvertlarda pul to‘langan.

Sport sudi jarayoni 2022 yilning bahorida yakunlandi, keyin klub to‘liq oqlandi va shundan so‘ng ish fuqarolik sudiga o‘tkazildi. 2022 yil oktyabr oyida prokuratura Anyellini hibsga olishni talab qildi, ammo bu rad etildi. 2023 yilning yanvarida Italiya futbol federasiyasi sudi bosh prokurorning turinliklarni moliyaviy firibgarlik uchun jazolash haqidagi talabiga rozi bo‘ldi. "Yuve" 15 ochko yo‘qotdi va jadvalning o‘rtasiga tushib ketdi, aprel oyida ochkolar qaytarildi, ammo ular yangi hukm chiqarishdi: minus 10 ochko. Bu Yevropa ligasi uchun kurash olib borish va Konferensiyalar ligasiga o‘tib ketish uchun yetarli bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan "Yuve"ning o‘rni sakkizinchi o‘rinni egallagan "Fiorentina"ga nasib etadi

"Yuventus" o‘ziga xos foyda ko‘rdi, desak ham bo‘ladi: unchalik zarur bo‘lmagan Konferensiyalar ligasidan qutildi va sud jarayoni hozircha yopildi. Turinliklar bu qarorga rozi bo‘ldi, chunki bu UEFA bilan kelishuvning bir qismi edi. "Yuventus" tashkilot bilan bunday chora bo‘yicha apelyasiya va kurash olib bormaslik haqida kelishib oldi va UEFA moliyaviy qoidalarni buzganlik ishini yopadi va bu jazo yagona bo‘lib qoladi. Klub qonunbuzarliklarni hali ham ahamiyatsiz deb hisoblashini aytdi va prezident Janluka Ferrero uning nomidan qo‘shimcha qildi: "Apelyasiya berish bizning Chempionlar Ligasi 2024/25 yilgi mavsumdagi ishtirokimiz bo‘yicha shubhalarni kuchaytiradi", – dedi funksioner. Bularning barchasi Italiya sudlarida ko‘rib chiqiladigan ayblovlarga taalluqli emas.

O‘z hududida UEFA "Yuventus"ga Superligani tark etmasa, yevrokuboklar uchun 3 yillik diskvalifikasiya bilan tahdid qilgan. Ko‘p o‘tmay, klub loyihani tark etishini e’lon qildi, u yerda faqat "Real Madrid" va "Barselona" qoldi. Shubhasiz, "Yuventus" uchun muammoli masalani Konferensiyalar ligasidan chiqish evaziga yopish muhimroq, klub buni jiddiy qabul qilmaydi. Keyinchalik to‘liq Yevropa musobaqalariga qaytsa bo‘ladi.

Kiritildi: 15:09, 29.07.2023.
O'qildi: 1663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.