Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ahmedov ham "Navbahor"ga qaytdi

Ahmedov ham "Navbahor"ga qaytdi

Baho:
+ | -

Tajribali yarim himoyachi Azimjon Ahmedov yozgi transfer oynasi davrida yana sevimli jamoasi “Navbahor”ga qaytib, “lochinlar” bilan shartnoma imzoladi.

Azimjon Ahmedov 1992 yilning 4 yanvarida Namangan viloyatining Namangan tumanida tavallud topgan. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi.

Futbolchilik faoliyati davomida “Navbahor” (Namangan, 2010-2015, 2019-2022 yillar) va “Paxtakor” (Toshkent, 2016-2018 yillar) jamoalarida to‘p tepgan.

Shuningdek, Ahmedov 2016 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi va milliy termamiz tarkibida ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushgan.
Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumning 1-davrasini “Turon” (Yaypan)da o‘tkazib, yaypanliklar tarkibida Superliga bahslarida 9 ta, O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida esa 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

"Biz Azimjon Ahmedovga jamoamizda omad yor bo‘lib, chiroyli o‘yinlari va gollari bilan “Navbahor” muxlislarini xursand etishi, shuningdek, “lochinlar”ning zafarlariga munosib hissa qo‘shishini tilab qolamiz." - deyiladi "Navbahor" saytida.

Kiritildi: 22:53, 29.07.2023.
O'qildi: 3541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик