Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar jismonan tayyor emas"

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar jismonan tayyor emas"

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan OKMK – “Surxon” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Surxon” jamoasi juda ham zich himoyalanib, qarshi hujumlarga e’tibor berishini shogirdlarimga ta’kidlagan edim. Bugun uchchala gol ham qarshi hujumdan kiritildi. Odatdagidek, yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng kirishib ketish qiyin bo‘ldi. Aksariyat futbolchilarimiz jismonan tayyor emas. Boisi, ularda shamollash, jarohatlar kuzatildi. Bugungi bahs tarixga aylandi. Xatolar ustida ishlab, keyingi turga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Oldimizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Ishlamagan odam xato qilmaydi. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmagan.

Kombinasion hujumdan so‘ng gol kiritdik va shundan so‘ng xotirjamlikka berildik. Bu esa qimmatga tushdi. Futbolni aldab bo‘lmaydi. Zamonaviy futbolda bir joyda turib g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

To‘xtaxo‘jayev va Mirzayev hali jismonan tayyor emas. Ularga biroz vaqt kerak. Oldinda ketma-ket uchrashuvlar kutib turibdi va o‘ylaymanki, shu o‘yinlar orqali o‘z darajamizga chiqamiz”, – dedi Qosimov.

 

 

 

Kiritildi: 23:01, 29.07.2023.
O'qildi: 1677 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик