Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Krestinin: "Yangi futbolchilar haqida gapirishga erta"

Aleksandr Krestinin: "Yangi futbolchilar haqida gapirishga erta"

Baho:
+ | -

Superliga 14-turida o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga mag‘lubiyatga uchragan “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin mag‘lubiyat sabablari, yangi futbolchilar, adaptasiya va ikkinchi davradagi rejalar haqida gapirdi.

“Albatta, bugungi natija qoniqtirmadi. Ikki xil taym ko‘rdik. Ikkinchi taymda yaxshiroq o‘ynadik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Jamoada o‘zgarishlar qilayapmiz va hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p”, - dedi murabbiy.

“Ichki muhitimizda hozirda muammo yo‘q. Bugungi mag‘lubiyatdan futbolchilar ham ancha asabiylashishdi, hafa bo‘lishdi. Ular bundan ko‘prog‘iga qodirliklarini bilishadi”.

“Ikkinchi o‘tkazib yuborilgan golimizda Tairaning aybi yo‘q. Uni ikki futbolchi o‘zaro pas o‘ynab ortda qoldirib ketishdi. Bu vaziyatda savol boshqalarga berilishi kerak. Bu vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Tairaga ham, yangi qo‘shilgan boshqa futbolchilarga jamoamizga moslashishlari uchun vaqt kerak”.

“O‘yinga kim tayyor bo‘lsa, maydonga shu futbolchi tushadi. Tarkibni o‘yin kuni tanlaymiz. Men hech kimning pasportidagi yoshiga qaramayman. Raqobatda kim yutsa shu maydonga tushadi”.

“Bizning maqsadimiz ikkinchi davradagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish. O‘yin va psixologik jihatdan muammolar bor. Ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaymiz. Bu hali juda ko‘p ishlar qilinishi kerakligini bildiradi. Mavsumni qanday o‘rinda tugatishimizni bilmayman. Hozir har o‘yinda g‘alaba qozonish haqida o‘ylayapmiz”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:18, 31.07.2023.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик