Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Laporta "PSJ"ga qarshi "urush ochdi"

Laporta "PSJ"ga qarshi "urush ochdi"

Baho:
+ | -

Joan Laporta Usmon Dembelening transferiga yaqin turgan "PSJ"ning xatti-harakatlaridan norozi.

COPE'ning ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" prezidenti vingerni qo‘lga kiritish niyatida "PSJ"dan juda g‘azablangan. Laporta Dembeleni qolishga ishontirmoqchi bo‘ldi, ammo bunga erisha olmadi. Endi kataloniyaliklar parijliklarga "urush" e’lon qilishni rejalashtirmoqda, deydi Yelena Kondis. Bu nimani nazarda tutayotgani aniqlanmagan.

Bugun "Barselona" Usmonni saqlab qolish uchun oxirgi marta urinib ko‘radi - Xavi jamoa uchun qanchalik muhimligini eslatish uchun u bilan uchrashuv tayinladi.

Shunga qaramay, "Barselona" pessimistik va Dembelening jamoani tark etishi mumkinligiga ishonmoqda.

Avvalroq "PSJ" Dembele bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani va "Barsa"ga 50 million yevro tovon puli to‘lashga tayyorligini aytgani ma’lum bo‘lgandi. Endi hammasi "PSJ'ning harakatlari tezligiga bog‘liq - 1 avgustdan boshlab "Barselona" vingeri narxi ikki barobar ortadi.

26 yoshli o‘ng qanot hujumchisi o‘tgan mavsumda 35 o‘yinda 8 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 14:01, 31.07.2023.
O'qildi: 7336 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.