Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Maydon sifati klub falsafasiga ta’sir qiladi

Maydon sifati klub falsafasiga ta’sir qiladi

Baho:
+ | -

Yaqinda Maurisio Sarri agar klub prezidenti futbol maydoni holatiga etibor bermasa, iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi. Gap shundaki, chim sifati past bo‘lgani uchun futbolchilar qisqa vaqt ichida to‘p bilan o‘zlari xohlagandek muomala qila olishmayapti. Bu esa italiyalik murabbiyning asosiy tamoyillariga ziddir. Garchi bu so‘zlar bilan Sarri shunchaki rahbariyat e’tiborini muammoga qaratmoqchi bo‘lsada, futbol maydonlari haqiqatan ham klub falsafasini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.

Gap shundaki, FIFA qoidalari futbol maydonlarining o‘lchamlari bo‘yicha yagona aniq standartlarni belgilamaydi va biroq bu masalada sezilarli farqlarga yo‘l qo‘ymaydi: uzunligi 100 dan 110 metrgacha va eni 64 dan 75 metrgacha bo‘lgan maydonlar ko‘p uchraydi. Bu yerda farqlar unchalik katta emasdek tuyuladi, lekin aslida bu kichik narsalar ko‘p narsani hal qilishi mumkin.

Qoidaga ko‘ra, to‘pga ega bo‘lishga intilayotgan jamoalar o‘z maydonlarini imkon qadar kengroq qilishadi. Axir, qo‘shimcha metrlar tufayli o‘yinchilar kengroq pozisiyalarni egallashlari, chiziqlar orasidagi ko‘proq zonalarni topishlari va to‘pni boshqarish va oldinga siljish uchun ko‘proq vaqt va maydonga ega bo‘lishlari mumkin. Aksincha, kichik maydonlar ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynashni yoqtiradigan jamoalarga yordam beradi. Bu ixchamlikni saqlashni, himoya tuzilmasini yaxlit ushlashni va hatto jarima maydoni tashqarisidan beriladigan zarbalarni bartaraf etishni osonlashtiradi. Qolaversa, to‘pni qanotlararo uzatishda raqiblar ko‘pincha masofani noto‘g‘ri baholaydilar va to‘p ko‘pincha maydon tashqarisiga chiqib ketadi.

Qolaversa, arenaning kattaligi shunchaki o‘yinchilarni uzoqroq masofani bosib o‘tishga va tezroq charchashga majbur qiladi, bu ma’lum sxemada qolishga urinayotgan klub foydasiga ishlamaydi. Himoyalanayotgan jamoaning to‘p tomon harakati doimiy ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli himoyachilar hujumchilarga qaraganda ko‘proq yuguradilar. Kichik maydonlar, aksincha, tezkor qarshi hujumlarga hissa qo‘shadi va driblinglarda o‘yinni maksimal darajada kuchaytirib boradi, bu deyarli barcha autsayder jamoalar uchun qulay.

Ba’zida klublar maydonlarni raqibga qarab murakkab rejimga «moslaydi». Masalan, «Real Madrid» 2015/16 yilgi mavsumda «Volfsburg»ga safarda mag‘lub bo‘lgandi (0:2) va javob bahsi oldidan «Santyago Bernabeu» maydonini kengaytirdi. Bu ish berdi: qanotlar orqali hujumlarga e’tibor qaratgan «Real Madrid» nemislarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichiga yo‘l oldi. Yaqinda Yurgen Klopp «Fulxem» go‘yoki o‘yin oldidan maysazorni ataylab sug‘ormagani, to‘p quruq o‘tda yurmasligidan shikoyat qilgandi. Xulosa shundaki, maysazorning kattaligi va umumiy holati ortiqcha baho berishga arzimaydi, biroq bunday kichik hiylalar haqiqatan ham o‘yin sxemasini to‘g‘irlashga imkon beradi. Mezbon jamoaga mehmonlar uchun safar uchrashuvini yanada murakkablashtirish uchun qulay.

Kiritildi: 09:59, 01.08.2023.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.