Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

A Seriyaning yangi mavsumi haqida

A Seriyaning yangi mavsumi haqida

Baho:
+ | -

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘ynayotgan Italiya A Seriyaning yangi mavsumi yaqin kunlarda boshlanadi. Quyida Italiya chempionatining yangi mavsumiga doir bilan qator ma’lumotlarni beramiz.

Italiya A Seriyasining yangi mavsumi avgust oyida boshlanadi
Futbol bo‘yicha Italiya chempionati oliy divizionining 122-mavsumi 19 avgust kuni ikkita o‘yin bilan boshlanadi. Koronavirus pandemiyasi va qishki g‘ayrioddiy vaqtda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan so‘ng, avgustdan maygacha liga taqvimi o‘zining odatiy rejimiga qaytadi.

Italiya chempionati taqvimi 2023/2024
19 avgust kuni A Seriyaning birinchi turi start oladi. Turnir "Empoli" - "Verona" va "Frozinone" - "Napoli" uchrashuvlari bilan ochiladi. Har ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Italiya chempionati 2024 yilning 26 may kuni yakunlanadi.

Italiya chempionati 2023/2024 1-tur o‘yinlari taqvimi
19 avgust, shanba
"Empoli" - "Verona" - Toshkent vaqti bilan 21:30 da
"Frozinone" - "Napoli" - Toshkent vaqti bilan 21:30 da
"Jenoa" - "Fiorentina" - Toshkent vaqti bilan 23:45 da
"Inter" - "Monsa" - Toshkent vaqti bilan 23:45 da

20 avgust, yakshanba
"Sassuolo" - "Atalanta" - 21:30
"Roma" - "Salernitana" - 21:30
"Udineze" – "Yuventus" – 23:45
"Lechche" - "Lasio" - 23:45

21 avgust, dushanba
"Torino" - "Kalyari" 21:30
"Bolonya" - "Milan" - 23:45

Italiya chempionati 2023/2024 ishtirokchilari
A Seriyaning yangi mavsumida 20 ta jamoa ishtirok etadi. Italiya chempionati - 2022/2023 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, "Spesiya", ​​"Sampdoriya" va "Kremoneze" A Seriyani tark etishdi. "Kalyari", "Jenoa" va "Frozinone" B Seriyadan A Seriyaga yo‘l oldi.

Eng ko‘p vakillik qilingan mintaqa Lombardiya bo‘lib, to‘rtta jamoa ("Atalanta", "Inter", "Milan" va "Monsa") ishtirok etadi. Rim sharafini uchta klub ("Frozinone", "Lasio" va "Roma") himoya qiladi.

Yangi mavsumda ishtirok etadigan klublar

"Napoli"

"Lasio"
"Inter"
"Milan"
"Atalanta"
"Roma"
"Yuventus"
"Fiorentina"
"Bolonya"
"Torino"
"Monsa"
"Udineze"
"Sassuolo"
"Empoli"
"Salernitana"
"Lechche"
"Verona"
"Frozinone"
"Jenoa"
"Kalyari"

2023/2024 yilgi Italiya chempionatining amaldagi g‘olibi
2022/2023 yilgi mavsumda "Napoli" o‘z tarixida 3-marta Italiya chempioni bo‘ldi va chempionat tugashiga 5 tur qolganda muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Neapol klubi 33 yildan keyin chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "Milan" chempionlikni himoya qila olmadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda huquqiy jihatdan Rimning "Roma" klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov mavsumning ikkinchi yarmini "Spesiya"da jamoasida ijara asosida o‘tkazdi va ijara shartnomasi yakuniga yetgach "Roma" ixtiyoriga qaytib borgandi. Biroq, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo Eldorga ishonch bildirmadi va bu yilgi mavsum boshidan keyinchalik sotish sharti bilan "Kalyari"ga ijaraga berib yubordi.

Kiritildi: 18:30, 01.08.2023.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик