Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Vadim Abramov: «Chempionga qarshi o‘yinchilarni ruhlantirish shart emas»

Vadim Abramov: «Chempionga qarshi o‘yinchilarni ruhlantirish shart emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» (3:2) uchrashuvidan keyin dastlab samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

«Chempionga qarshi o‘yinchilarni ruhlantirish shart emas». Vadim Abramov «Paxtakor» ustidan g‘alaba va chorakfinal haqida

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» (3:2) uchrashuvidan keyin dastlab samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov anjumanida qatnashdi.

- Bugungi g‘alaba qanchalik tarixiy ahamiyatga ega ekanligini bilmayman, ammo bugun samarqandlik muxlislarga bayramona kayfiyat taqdim eta olganimizdan xursandman. Umid qilamanki, endi stadionda muxlislarning kelishi ham ko‘payadi. Biz «Paxtakor»ni o‘rgangan edik, ularni qanday o‘ynashini bilardik. O‘ylaganlarimiz ish berdi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqdi, 3ta gol urdik. Shundan keyin o‘yinni nazorat qilishimiz, 2ta gol o‘tkazib yubormaslik lozim edi. Ammo «Paxtakor» chempion jamoa, o‘yinchilarining darajasi baribir o‘z so‘zini aytdi. Shunga qaramay, yigitlarimiz ishtiyoq va mehnat evaziga g‘olib chiqishdi.

Hisob 3:1 bo‘lgan paytda Abubakr Muydinov bo‘sh darvoza qarshisida qolib, hisobni yiriklashtirganida, o‘yin oxiri bunaqa asabiy va intrigali bo‘lmasdi. Chunki o‘yin yakuni tobora futbolchilarimizning vaqtni cho‘zishga uringanini oqlamayman, sababi o‘zim bunday harakatlar tarafdori emasman. Ammo jamoam g‘alabani saqlab qolishga urindi, bu kuchli raqibga qarshi uchraydigan holat.

«Paxtakor»ga Superliga va OCHLda omad tilayman. Fikrimcha, ular bugun bizni mensimay maydonga tushishgan bo‘lsa kerak.

- Boshqaruvimdagi «Dinamo»ning eng yaxshi o‘yinimi? Ha, birinchi bo‘limda aqlli o‘ynadik, qarshi hujumlarda ham omadimiz keldi. Bu raqib «Paxtakor» ekani bilan ham bog‘liq, odatda o‘yinchilarning o‘zida ham ishtiyoq kuchli bo‘ladi. Eng asosiysi g‘alabani unutib, o‘sishda, kurashishda davom etish.

- Milliy jamoadagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin murabbiy sifatida katta sahnaga qaytish desa bo‘ladimi? Bilmadim, buni qanday izohlash mumkin. Gap shundaki, «Dinamo» bilan quyi ligadamisan yoki oliy ligadami, baribir ham o‘z ishing bilan isbotlashingga to‘g‘ri keladi. Pro ligada ishlab shunga amin bo‘ldimki, Superligadan ko‘ra quyi ligada ishlash qiyin ekan. Chunki o‘yinlar taqvimi shu darajadaki, biz oxirgi marta 2 oy oldin o‘yin o‘tkazgandik. Bunday paytda jamoada pasayish bo‘lmasligini saqlab qolish juda qiyin.

- Bu o‘yin sizning boshqaruvingizda Yaponiya ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabani yodga soldi...

- Qo‘ysangiz-chi.., ha o‘sha tarkibdan bugun Dilshod Rahmatullayev va Bahodir Nasimov maydonda edi.

- O‘yindan oldin futbolchilar bilan nima haqda gaplashdingiz?

- Bunday o‘yinlarda futbolchilarni ruhlantirish uchun nimadir aytish shart emas. «Paxtakor» chempion jamoa, bunday raqibga qarshi jamoaning o‘zi ham nimalarga qodirligini ko‘rsatishni istaydi. O‘yinchilarni quyi o‘rinlardagi jamoalarga qarshi bahslarga tayyorlash qiyinroq. Yigitlar mehnatlariga yarasha natijaga erishishdi. Ulardan minnatdorman.

- 1/8 finalga qur’a tashlashdan avval «Paxtakor» tushishi mumkinligini taxmin qilgan edingiz. Chorakfinalda qaysi raqibni kutgan bo‘lardingiz?

- Taxmin qilishni istamasdim, keling qolgan o‘yinlarni ham kuzataylik, vaqt ko‘rsatadi.

Kiritildi: 10:14, 02.08.2023.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.