"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jurnalistlarning Usmon Dembelening jamoani tark etishi haqidagi savoliga javob berdi.
Oldinroq fransiyalik futbolchi klubni tark etib, "PSJ"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"To‘g‘risini aytaman, u bizga ketishni istayotganini aytdi, unga "PSJ"dan taklif bor va biz hech narsa qila olmaymiz. Bu men uchun yoqimsiz, lekin bu shaxsiy qaror.
Biz u haqida juda ko‘p qayg‘urardik, ammo bu bozor qonuni, biz ular unga bildirgan taklif bilan raqobatlasha olmaymiz, u bizning qo‘limizdan kelmaydi", - dedi Xavi Marca bilan suhbatda.