Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

JCH-2023 (ayollar). Braziliya sensasion tarzda musobaqani tark etdi

JCH-2023 (ayollar). Braziliya sensasion tarzda musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Bugun, 2 avgust kuni Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati – 2023da Yamayka va Braziliya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Melburndagi (Avstraliya) "AAMI Park – Melburn Rektangular" stadionida "F" guruhi 3-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Braziliyaliklar o‘yin va statistik ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Uchrashuv golsiz durang (0:0) bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Braziliya terma jamoasi 3 ta o‘yinda 4 ochko jamg‘ardi. Bu 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. Braziliyaliklar guruhda Yamayka (5 ochko) va Fransiyadan (7 ochko) keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Braziliya bilan birga guruhda birorta ham ochko jamg‘ara olmagan Panama terma jamoasi so‘ng turnirni tark etadi.

2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 20 iyuldan 20 avgustgacha Yangi Zelandiya va Avstraliyada bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma Shtatlar amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Amerikaliklar to‘rt marta jahon chempioni bo‘lishdi.

Kiritildi: 17:24, 02.08.2023.
O'qildi: 4965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик