Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

“Barsa” tarixidagi eng halokatli sarmoya. Dembele klubni, jamoani va unga ishongan Xavini sotib ketyapti

“Barsa” tarixidagi eng halokatli sarmoya. Dembele klubni, jamoani va unga ishongan Xavini sotib ketyapti

Baho:
+ | -

Dembele, ehtimol, "Barselona"ning tarixdagi eng muvaffaqiyatsiz sarmoyasidir. Turli manbalarga ko‘ra, 2017 yilda futbolchi uchun 135 million yevro to‘langan, ammo yakunda ular zararli va ekssentrik futbolchiga ega bo‘lishgan. Endi Usmon, aftidan, “PSJ”ga jo‘nab ketadi. Va bu ikki gigant o‘rtasida urushni keltirib chiqarishi mumkin.

"Barselona" 2022 yilda boshqacha munosabatda bo‘lardi

Agar “PSJ” kataloniyaliklar 2022 yilning yanvarida transferni amalga oshirmoqchi bo‘lganida, "Barsa" prezidenti Joan Laportaning o‘zi Dembeleni Parijga olib borgan bo‘lardi. Aynan o‘sha paytda Usmon klub bilan shartnoma muddati tugashi haqida gap borgan edi.

“Dembele faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi emasligi aniq. U endi bizning loyihamizning bir qismi bo‘lishni xohlamaydi. Usmonga zudlik bilan klubni tark etishini aytdik. Dembele yanvar oyi oxirigacha ketishini kutamiz. Bizga fidoyi futbolchilar kerak”, dedi kataloniyaliklar sport direktori Mateu Alemani 20 yanvar kuni.

Klubni tushunish mumkin bu vaqtga kelib Usmon “Barselona”da muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. 100+ million yevro maosh olgan futbolchi besh yil davomida hech qachon bir mavsumda kamida 70% o‘yin o‘tkazmagan, bor-yo‘g‘i 32 gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ammo Dembele muntazam ravishda vrachlik punktida edi. Butun faoliyati davomida jarohatlar tufayli u 700 kunga yaqin vaqt davomida maydonga tushmagan.

Qolaversa, fransuzda yoqimli xarakter ham yo‘q edi. U kiyinish xonasida jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan, murabbiylar bilan tortishgan, rejimni buzgan, hattoki o‘yinlarga kechikib qolgan...Deyarli hech qanday foyda keltirmaydigan zararli aktiv, shuning uchun 2022 yilning yanvarida “PSJ”ga ketsa hech xafa bo‘lmas edi.

Shartnoma uzaytirilgandan so‘ng Usmon “Barselona”dagi eng zo‘r davrini o‘tkazdi. U yetakchilardan biriga aylandi. Ammo o‘tgan mavsum o‘rtalarida yana bir jarohat fransiyalik futbolchining uzoq kutilgan yuksalishini to‘xtatdi. Hammasi “Barselona” Dembelening safga qaytishini kutishi va Xavi yana unga ishomishini aytdi. Ammo mavsum boshlanishi arafasida Dembele “PSJ”ga o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi.

Endi Laporta parijliklar uchun "urush" boshlash bilan tahdid qilmoqda. Cope.com mashrining xabariga ko‘ra, funksioner futbolchi shartnomasidagi banddan foydalangan “PSJ”ning beadabligidan juda norozi. Xavi futbolchi bilan xayrlashib bo‘ldi. Shuning uchun biz uchun kutilmagan kelishuv tafsilotlarini bilish qoladi.

Dembele uchun klub qarorgohini o‘zgartirish motivasiya bo‘lishi aniq. Bu, birinchi navbatda, maoshlarning hozirgi 12 million yevrodan 20 million yevrogacha oshirilishi. Qolaversa, Messi ketganidan keyin va “PSJ” Mbappedan ajralishi mumkinligini inobatga olgan holda, Usmonga jamoada albatta joy bo‘ladi.

Ammo "Barselona" bu kelishuvdan qoniqmayapti. Gap shundaki, Usmonning shartnomasida tovon puli 50 million yevro bo‘lgan. Aytgancha, bu summaning 50 foizi unga qarz edi. Shu tariqa kataloniyaliklar unga 2022 yilning yozidan boshlab to‘lanmagan shartnoma bonusini qopladilar. Ya’ni kelishuv bo‘lgan taqdirda "Barsa" yetakchilardan biri uchun atigi 25 million olgan bo‘ladi.

50 millionning narxi 2023 yilning 31 iyuliga qadar amal qilgan 1 avgustdan boshlab summa 100 million yevroga ko‘tarilgan bo‘lishi kerak edi. Narxlar oshishidan oldingi oxirgi kuni parijliklar Dembeleni 50 millionga olishga umid qilgan. Biroq ispan OAVlarining yozishicha, Usmon buni qilmaslikni va “Barselona”ni halol rozi qilishni so‘ragan.

Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham, shunday yaxshi sharoitda Dembele nima uchun ketishni istagani haligacha tushunarsiz. Bundan tashqari, fransuz va ispan insayderlarining fikriga ko‘ra, “PSJ” Dembelening fikrini rad qilgan va bandni faollashtirgan. Dembele xotirjamlik bilan besh yillik shartnomaga rozi bo‘lgan va yaqin orada Parijga ko‘chib o‘tadi. Le Parisien nashrining yozishicha, bitim hafta oxirigacha yopilishi kerak.

"Men undan biroz xafaman. Dembele ketmoqchi ekanligini, unga taklif borligini aytdi. Biz bu borada hech narsa qila olmaymiz, chunki Fransiyadan kelgan taklif bilan raqobatlasha olmaymiz. Menga uning qarori xunukdek tuyuladi, chunki menimcha, biz unga katta g‘amxo‘rlik qildik va uni xursand qilish uchun ko‘p ishlarni qildik. Lekin bu bozor qonuni, men unga omad tilayman”, dedi Xavi.

Xavining xafsalasi pir bo‘lganini tushunsa bo‘ladi. Murabbiy Dembelega qanchalik ishonganini hisobga olsak, uning his-tuyg‘ularini tasavvur qilish oson. Bu "Barselona" uchun uyat, chunki agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, kataloniyaliklar Usmon uchun bor-yo‘g‘i 25 million yevro olishadi. Bu pulga munosib o‘rinbosar sotib olib bo‘lmaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" Bernardu Silva, Joau Feliks yoki Leroy Saneni orzu qilmoqda, ammo ulardan birining transferini 25 millionga moliyalashtira olishi dargumon.

Ammo Dembele uchun faqat xursand bo‘lish mumkin. Fransuz baribir taqdirni aldab, bir top-klubdan ikkinchisiga sakrab o‘tdi, shuningdek, maoshi ko‘tarildi.

Kiritildi: 18:59, 02.08.2023.
O'qildi: 7492 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.