Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Kastilya» - qo‘shimcha daromad manbai

«Kastilya» - qo‘shimcha daromad manbai

Baho:
+ | -

«Real Madrid» joriy yoz o‘z qaramog‘idagi o‘rinbosarlar jamoasi - «Kastilya» yulduzlari ortidan binoyidek qo‘shimcha daromadga ega chiqishi mumkin.

Binobarin, bu jamoa o‘tgan mavsum yakuni bo‘yicha Segundaga chiqolmadi, tarkibida esa yuqori darajali o‘yinlarga tayyor bir qator iqtidorlar bor. Faqat shunisi borki, ayni holatda ularga «Real»ning o‘zida bo‘sh joy yo‘q. Demak, «Qirollik klubi» rahbariyati bu holatda muqobil variantni tanlab, o‘z tarbiyalanuvchilarini transferlar bozorida pullashi mumkin. Aytish joiz, bu borada ayrim kelishuvlar rasmiylashtirildi ham. Xo‘sh, gap aynan qaysi iqtidorlar haqida ketmoqda?

Serxio ARRIBAS (yarim himoyachi). «Kas­tilya» tarkibidagi eng qimmat aktiv. Madridliklar uni 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorlar, lekin 50 foiz huquqini o‘zlarida saqlab qolish sharti bilan. Ikkinchi variant - shunchaki, ijara safari.

Rafa MARIN (markaziy himoyachi). 21 yoshli futbolchi La Liganing bir qator ja­moalari e’tiborida turibdi. Qolaversa, unga Ispaniyadan tashqarida ham qiziqish yo‘q emas. «Madrid»ning Rafa transferini qanchaga baholayotgani esa ma’lum emas.

Marvin PAK (qanot himoyachisi). «Las-Palmas»da 1 yillik ijara muddatini o‘tagan futbolchiga «Rayo Valyekano» befarq emas. «Madrid» esa bu yigit transfer huquqi 50 foizi uchun 2 million yevro so‘ramoqda. Demak, klubda Pak kelajagiga umid hali so‘ngan emas. Aytgancha, «Real» Fran Garsiyani yaqinda xuddi shunday shart asosida sotdi.

Aleks XIMENES (lateral). Bu futbolchi faoliyatini «Milan»da davom ettiradi - ijara. To‘g‘ri, Italiya klubida keyinchalik Ximenes transferini to‘liq sotib olish huquqi bor.

Karlos DOTOR (yarim himoyachi). «Kas­tilya» sardoriga La Liga klublaridan talab katta edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Dotor yakunda «Selta» taklifini qabul qildi va vigoliklar endi uning uchun «Real»ga 3 million yevro to‘lashadi. Shuning barobarida Karlos transferining 50 foiz huquqi «Madrid» ixtiyorida qoladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:48, 04.08.2023.
O'qildi: 2606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик