Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Andre Onanani katta bosim kutmoqda

Andre Onanani katta bosim kutmoqda

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda eng katta bosim Andre Onanada bo‘lsa kerak. U shunchaki, ketgan de Xeaning o‘rniga kelmadi, balkim de Xea va Onana o‘rtasidan Onana tanlandi. Farqi katta.

To‘g‘ri, de Xea dunyoning eng zo‘ri emas, ammo anchadan beri «MYU» muxlislari ichida katta tortishuv bor. De Xea klub uchun mosmi yoki mosmasmi degan. Tabiiyki, endi Andre Onananing har bir xatosi «dexeachilar»ning argumentiga aylanadi, ispaniyalik posbon yaxshiroq edi degan fikr qaytaveradi.

Buning ustiga, menimcha, Onana ijrosida de Xea kabi seyvlarni kutmagan ma’qul, u bir o‘zi ba’zi o‘yinlarni yutishga, imkonsiz vaziyatlarni qutqarishga de Xeachalik qodir emas. Tabiiyki, u holda Onananing xatolari kattaroq bilinadi, go‘yoki klub yaxshi pulga o‘rtacha darvozabonni olib kelgandek tuyulishi mumkin.

Ammo aslida unday emas. Onananing ustunligi aynan zarbalarni qaytarishda emas. Uning oyoqda to‘p bilan o‘ynay olishi, maydonni ko‘rishi, himoyachilarni boshqarishi asosan «MYU» to‘pga egalik qilganda, raqib pressingini yorib o‘tishda qo‘l keladi. Masalan, «bild-ap»da u qo‘shimcha markaziy himoyachiga aylanyapti, bu esa, qanot himoyachilardan birining markazdan joy olib, muhim zonada ko‘pchilik xosil qilishda qo‘l keladi. Bunday ko‘rinmas ustunliklar ko‘p.

«Lans» urgan gol aslida Onananing emas, himoyachilarning xatosi. Onana o‘sha vaziyatda o‘sha yerda turishi kerak edi, to‘p oldirilgach, qaytarish imkonsiz. Bunday vaziyatlar mavsum davomida ko‘p bo‘ladi, xatolar, gollar ko‘zga tashlanishi shubhasiz. Shunday bo‘lsa-da, Onananing o‘yiniga faqat seyvlar va xatolar nazaridan qaramagan bo‘lardim.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:50, 05.08.2023.
O'qildi: 3560 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик