Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Vitaliy Levchenko: "Ayrim yetakchilarimiz ketgan bo‘lsa ham o‘yinimiz o‘zgarmadi"

Vitaliy Levchenko: "Ayrim yetakchilarimiz ketgan bo‘lsa ham o‘yinimiz o‘zgarmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turi doirasida safarda “Paxtakor”ni mag‘lub etgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g‘alaba, raqibning kuchli tomonlari, bosim va jamoaga yangi qo‘shilganlar haqida fikr bildirdi.

“Bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilardik. “Paxtakor”ning “Dinamo”ga qarshi Kubok doirasidagi o‘yinini chuqur tahlil qildik. Ularni o‘rgandik. Bugun yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yin oxiridagi raqib bosimiga chidab berishdi. O‘ylaymanki, bugun haqli g‘alabaga erishdik”, - dedi Levchenko.

“Raqibning avvalgi o‘yinini o‘rganganimizda ular asosan vertikal paslar orqali o‘ynayotgani, qanotlardan ikki nafar hujumchisiga paslar bo‘layotganini ko‘rdik. Bunga qattiq tayyorgarlik ko‘rdik va ularning barcha hujumlarini qaytarishga erishdik. Futbolchilar imkon qadar raqibga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilishdi”.

“Hozir jadvaldagi o‘rnimizga qaramayapmiz. Chempionlik poygasi? Hamon poygadamiz. Hali poygadan chiqib ketmadik. Oldimizda hali yetakchilarga qarshi bahslar bor. Qolaversa, turnir jadvalining pastgi qismida borayotgan jamoalar hali har bir ochko uchun kurashadilar. Aytishim mumkinki, bizga ham, bizga qarshi o‘ynaydigan jamoalarga ham oson bo‘lmaydi”.

“Ayrim o‘yinlarda omad ham kelayotgani muhim. Futbolda omad kuchlilarga kulib boqadi. Oldindan qaysi o‘rinni egallashimiz mumkinligi haqida fikr bildira olmayman. Hali barchasi oldinda va chempionatimiz endi qizimoqda”.

“Jamoadagi ayrim yetakchi futbolchilarning ketgani o‘yinimizga u qadar ta’sir qilmadi. Jamoaning o‘zagini saqlab qoldik. Qolaversa, yangi kelgan futbolchilar jamoamizga kirishib keta oladilar deya olaman”

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:24, 06.08.2023.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.