Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

JCH-2026 haqida siz bilmagan ma’lumotlar

JCH-2026 haqida siz bilmagan ma’lumotlar

Baho:
+ | -

FIFA erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati – 2026 turnirini AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lishini e’lon qilganidan so‘ng, 16 ta mezbon shahar aniqlab olindi. Ularda 48 jamoa ilk bor ishtirok etadi.

Amerikadan 11 ta shahar tanlab olingan. Ulardan beshtasi sharqda, uchtasi mamlakatning markaziy qismida va yana uchtasi g‘arbda joylashgan. Kanadaning ikkita shahri (Toronto va Vankuver) birinchi marta jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazadi. Meksikaning bir juft shaharlari (Mexiko va Gvadalaxara) uchinchi marta jahon chempionatiga mezbonlik qiladi (1970 va 1986), Monterrey esa ikkinchi marta katta voqelikka guvoh bo‘ladi.

Quyida Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Meksikada 2026 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish joylari sifatida tanlangan shaharlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan.

AQSH (11)

Atlanta-«Mercedes-Bens» stadioni
Boston - «Jillett» stadioni
Dallas - «AT&T» stadioni
Xyuston - «En-Ar-Ji» stadioni
Kanzas Siti - «Arrouxed» stadioni
Los-Anjeles - «SoFi» stadioni
Mayami - «Xard Rok» stadioni
Nyu-York/Nyu-Jersi - «MetLayf» stadioni
Filadelfiya - «Linkoln» moliyaviy maydoni
San-Fransisko - «Lyuis» stadioni
Sietl - «Lyumen» maydoni

Kanada (2)

Toronto - «Bimo Fild» maydoni
Vankuver - «Bisi Pleys»

Meksika (3)

Gvadalaxara - «Estadio Akron»
Mexiko Siti - «Estadio Asteka»
Monterrey - «Estadio BBVA»

16 ta o‘rin uchun 23 ta stadion kurashdi va bir qator mashhur shaharlar (va joylar) rad etildi. Mamlakat poytaxti Vashington D.C (o‘yinlar o‘tkaziladigan Baltimor bilan hamkorlikda) tanlanmagani fikrimizga tasdiqdir. 1994 yilgi Jahon kubogi finali o‘tgan «Rouz Boul» ham tanlanmadi, Los-Anjeles ikkita stadionni variant sifatida taqdim etdi, ulardan faqat «Rems» va «Charjers»ning uy stadioni hisoblangan «SoFi» arena tanlandi. Sinsinnati, Denver, Nashvil va Orlando shaharlari Kanadaning Edmonton shahri bilan bir qatorda 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. 

JCH-2026 formati va saralashi

Endi 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan shaharlar, stadionlar va joylarni bilganimizdan so‘ng, keling, turnirning o‘zi haqida gapiraylik...

Birinchi navbatda, mezbon davlatlar sifatida AQSH, Kanada va Meksika 2026 yilgi Jahon chempionatiga avtomatik ravishda yo‘llanma oladi.

2026 yilgi jahon chempionati 48 jamoa ishtirokidagi birinchi turnir bo‘ladi va har birida uchta jamoadan iborat 16 ta guruh bo‘ladi. Har bir guruhdan eng yaxshi ikki o‘rin sohibi 1/32 finalga yo‘l oladi. Demak, JCH-2026da jami 104 ta o‘yin bo‘ladi. Bu, shuningdek, uchta turli mezbon davlatlar o‘rtasida o‘tkaziladigan birinchi Jahon chempionati bo‘ladi.

16 ta jamoani qo‘shish g‘oyasi shundan iboratki, guruh bosqichi o‘yinlarining keraksiz 3-turi yo‘q qilinadi. Chunki bu paytga kelib 1-o‘rindagi jamoa deyarli motivasiyasiz maydonga tushadi. Uning o‘rniga intrigani saqlab qolish maqsadida «g‘alaba yoki uyingga ravona bo‘l» qabilidagi muhim tur yuzaga keladi (guruhdagi jamoalar soni uchtaligini eslang). 

Guruh o‘yinlarining so‘nggi bosqichi oldidan oldingi natijalar deyarli teng ko‘rinish oladi va ehtimoliy g‘olib nomi raqamlar bo‘yicha deyarli imkonsiz holga keladi. Buni hisobga olsak, yangi format 2026 yilgi Jahon chempionatidagi deyarli har bir o‘yin juda muhim bo‘lishini kafolatlaydi. Ha, FIFA formatni o‘zgartirish orqali ancha ko‘p pul ishlab topadi, biroq muxlislar ham boshidan oxirigacha yanada sifatliroq mahsulotga ega bo‘lishadi.

Kiritildi: 09:24, 06.08.2023.
O'qildi: 8362 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.