Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Braim Dias mashg‘ulotlarga jiddiyroq yondashmasa bo‘lmaydi

Braim Dias mashg‘ulotlarga jiddiyroq yondashmasa bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Yozda "Milan"dan "Real"ga o‘tgan Braim Dias uchun AQSH safari uncha yaxshi o‘tmadi.

Braim Madridning mavsumoldi tur doirasidagi to‘rtta uchrashuvida bor-yo‘g‘i 93 daqiqa o‘ynadi. Agar yarim himoyachi "qaymoqranglilar" tarkibidan joy olishni istasa, unga berilgan har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishi kerak.

Asli marokashlik bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi a’zosi mavsumoldi yig‘inda birinchilardan bo‘lib Madridga kelib qo‘shildi va dastlabki mashg‘ulotlardayoq murabbiylar shtabida taassurot qoldirdi. "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Braim dastlabki daqiqalardan maydonga tushdi va o‘zining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatdi: qat’iyatlilik, individual mahorat, maydon va o‘yinni ko‘rish, jarima maydonchasidagi tezlik...

Biroq, bu ham yarim himoyachiga keyingi uchrashuvlarda ko‘proq o‘ynashga yordam bermadi. Natijada, Braim AQSHdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida 100 daqiqa ham maydonga tushmagan madridliklarning kuchli uchligidan mavsumoldi mavsumini yakunladi.

Unga murabbiylar shtabi ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi kerakligini ma’lum qildi. U o‘z pozisiyasida Rodrigoga imkoniyatni boy bermoqda.

Kiritildi: 11:48, 06.08.2023.
O'qildi: 1595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик