Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Armin Boshnyak: "Andijon"ni va O‘zbekiston chempionatini ancha kuchliligini his qildim"

Armin Boshnyak: "Andijon"ni va O‘zbekiston chempionatini ancha kuchliligini his qildim"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining chernogoriyalik yangi legioneri Armin Boshnyak Superliganing 15-turida “Surxon”ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu o‘yinchi “Andijon”ga qo‘shilgach, o‘zining dastlabki intervyusini berdi.

— Avvalambor, O‘zbekistonga, jumladan Andijonga xush kelibsiz. Bu siz uchun faoliyatingizda yangi chaqiriq. Ayting-chi, ushbu taklif haqida eshitganingizda xayolingizdan nima o‘tdi?
— Men O‘zbekiston va uning fuboli haqida avval ham eshitgandim. Bu haqida menga Goron Miloyko aytib bergandi. Lekin O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng shunga amin bo‘lyapmanki, Goron aytib berganidan ham ko‘ra bu yerning odamlari ajoyib va mehmondo‘st, shahar chiroyli va ayniqsa, jamoa muxlislari o‘zgacha ekan. Ularni Yevropa ishqibozlari bilan taqqoslaganda ham ancha yuqori darajada turishini ko‘rsatishdi. Yangi klubga keldim, ilk mashg‘ulotni hamda debyut o‘yinimni ham o‘tkazdim. Jamoani va O‘zbekiston chempionatini ancha kuchligigini his qildim.  

— Ha, Goron Miloyko o‘tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan. Siz u bilan anchadan beri tanishmisiz? Demak, bu yerga kelishdan oldin u bilan maslahatlashdingizmi?
— Goron bilan besh yildan beri tanishman. Shuningdek, ikki yil mobaynida birgalikda Yevropa ligasi kvalifikasiyasida birga o‘ynaganmiz. Shuning uchun Gorondan ko‘p maslahatlarni oldim. U menga shahar va klub haqida juda yaxshi gaplarni aytdi.

— “Andijon”da debyutingizni o‘tkazdingiz. Kelishingizdan oldin nimani o‘ylagandingiz va endi xulosalaringiz qanday?
—  Men futbol bilan yashayman. Bu esa O‘zbekistonni tanlashimning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Bu yerdagi stadionlar, muxlislar, o‘yinlar, mashg‘ulot jarayonlari, umuman hammasi yuqori darajada. Avvallari ham eshitgandim, bir qator mamlakatlardan kelgan futbolchilar aytib berishgan. Shu bois o‘zimni O‘zbekistonda bemalol o‘ynab keta olaman, deb his qildim.

— Chernogoriyada chempionatida to‘p tepgansiz. Umuman, bunga qadar bosib o‘tgan faoliyatingiz haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz...
- Oxirgi o‘tkazgan yillarim haqida gapiradigan bo‘lsam, Chernogoriyaning “Ezero” jamoasida o‘ynadim. 6 ta gol urganman va 8 ta assist vazifasini bajarganman. Keyin yangi mavsumni yangi jamoada boshladim. Bu Chernogoriyadagi yangi klub edi. U yerda ham gol urdim. Hozir esa mana “Andijon”daman.

— Shuningdek, Singapurda ham to‘p tepgansiz...
— Shunday, bu mening Osiyodagi birinchi klubim emas. Bundan oldin Singapurda “Tampins Rovers” jamoasida to‘p surganman. Singapur chempionati darajasi yaxshi. Lekin futbolchilarining darajasi chempionatni mavqeiga nisbatan ancha kuchsizroq. Bundan tashqari, o‘sha klubda men Osiyo Chempionlar ligasida ham o‘ynadim. Endi “Andijon”da ham shunday marralarga erishmoqchiman.

— “Surxon”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdingiz. Sizningcha, g‘alaba uchun nima yetishmadi?
— Shunchaki, gol yetishmadi. Qolaversa, omad ham yetishmadi. Biz yaxshi o‘ynagandik. O‘yinchilarning darajasi juda yaxshi.

— Stadiondagi muhit sizni ajablantirdimi?
— Bunday atmosferalar haqida kelishimdan oldin klubning instagram sahifasidagi videolar orqali ko‘rgandim. Lekin maydonga tushganimdan keyin bunday muhitda har bir futbolchi o‘zini yuqori darajada his qilishini bildim. Stadiondagi atmosfera va muxlislarga gap yo‘q.

— “Andijon”da shaxsiy oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qanday?
— Jamoa uchun borimni berishga harakat qilaman. Agar gol yoki assist haqida gap ketadigan bo‘lsa, men assistlikni tanlagan bo‘lardim. Chunki qaysi klubda to‘p surishimdan qat’iy nazar har doim gollarimdan ko‘ra assistlarim ko‘proq bo‘lgan. Qaysi chempionatda bo‘lmasin assistlar bo‘yicha men har doim 1- yoki 2-o‘rinda qayd etilardim. Shuning uchun gol urishdan ko‘ra assistlikni yaxshi ko‘raman.

— “Andijon”da 94-raqamni tanladingiz. Bu tug‘ilgan yilingiz bilan bog‘liq bo‘lsa kerak-a?
— Men 1994 yilda tug‘ilganim sababli. Faqat shu.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:31, 07.08.2023.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.