Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasining yana bir kuni yakunlandi. 6 avgust kuni katta rasmiy e’lonlar bo‘lmadi, ammo qiziqarli mish-mishlar yetarli edi.

Neymar "Barselona"ga qaytadimi?

"Barsa" va "PSJ" yetakchilari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Shayx Mabhut Al-Marridan yashin xabar. Uning ta’kidlashicha, Neymar Kataloniyaga qaytadi. Hatto qo‘shimcha dalillar ham bor: 31 yoshli braziliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqdagi profilidan Parij jamoasi futbolchisi ekanligi haqidagi yozuvni olib tashladi.

Avvalroq, “PSJ” Usmon Dembeleni transfer qilish bo‘yicha kelishuv doirasida “Barsa”ga Neymarni ijaraga berishni taklif qilgani xabar qilingandi.

"Inter" "Bavariya" darvozabonini sotib oladi

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariya terma jamoasining 34 yoshli darvozaboni yaqin vaqt ichida “Inter”ga o‘tadi. Bitim summasi 6 million yevroni tashkil etadi. Tibbiy ko‘rik esa bugun, 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

"Barselona" Frank Kessieni Saudiya Arabistoniga sotdi

"Barsa"ning 26 yoshli ivuarlik yarim himoyachisi Saudiyaga yo‘l oladi. Klublar allaqachon so‘nggi hujjatlarni imzolashmoqda va tez orada tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi kerak. Avvalgi xabarlarga qaraganda, transfer summasi 15 million yevroni tashkil etadi va shartnoma uch yilga mo‘ljallangan.

"Manchester Siti" Bernardu Silvani qo‘yib yubormaydi

“PSJ” va ayniqsa “Barselona”ning umidlari puchga chiqqandek. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" har ikki klubni hech qanday holatda 28 yoshli portugaliyalik yarim himoyachini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarga kirishmasliklari haqida ogohlantirgan. Boz ustiga, yaqin orada Angliya chempioni Bernarduga yangi shartnoma taklif qiladi. Hozirgisi 2025 yilda tugaydi.

Marko Verrattining Saudiya Arabistoniga transferi xavf ostida

O‘tish muqarrar bo‘lib tuyuldi, lekin yo‘q! Matteo Morettoning yozishicha, "Al-Ahli" "PSJ" bilan transfer summasi borasida kelisha olmayapti. Bundan tashqari, klublarning qarashlari juda boshqacha: fransuzlar 30 yoshli yarim himoyachi uchun 70–80 million yevro talab qilishmoqda, saudiyaliklar esa atigi 30 million yevro to‘lashga tayyor. Muzokaralar cho‘zilib ketmoqda va ehtimol Verratti keyingi mavsumni hozirgi jamoasida o‘tkazadi.

“PSJ” “Benfika”dan Gonsalu Ramushni qabul qilib oladi

Fabrisio Romano “PSJ” 22 yoshli portugaliyalik futbolchini 65 million yevro va bonuslar sifatida 15 million yevro evaziga sotib olish majburiyati bilan mavsum uchun ijaraga oladi, deydi. Ijara sxemasi moliyaviy feyr-pleydir, shuning uchun hayron bo‘lmang.

“Chelsi” “Kristal Pelas” vingeri uchun 30 million yevro taklif qilmoqda

RMC Sport xabariga ko‘ra, "Chelsi" Londondagi qo‘shnilariga fransiyalik 21 yoshli vinger Maykl Olisa uchun dadil taklif yubordi. Futbolchining o‘zi bilan dastlabki kelishuvga erishilgan, hozircha "Pelas" bilan kelishib olish kerak. Yagona muammo bu Olise yoshlar Yevrosida olgan sonning orqa qismidagi jarohat. "Chelsi" bu bilan shug‘ullanmoqchi.

Kiritildi: 11:32, 07.08.2023.
O'qildi: 4204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик