"Al-Hilol" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksni qo‘lga kiritish uchun kurashda taslim bo‘lmayapti.
Saudiya klubi portugaliyalik uchun yangi ijara taklifi bilan chiqdi, biroq "matraschilar" rad javobini berishdi. Ular faqat hujumchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishdan manfaatdor, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Feliksning o‘zi "Barselona"ga o‘tishni orzu qilishda davom etmoqda. 23 yoshli futbolchi hali ham Saudiya Arabistoniga o‘tishni istisno etmayapti, faqat ijara asosida, doimiy emas. "Al-Hilol" yulduz futbolchini o‘z safiga jalb qilish uchun yangi urinishlar qilishi kutilmoqda.