Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Muhsin Nizomiddinov: “Bir marta hakam to‘g‘risida gapirganman, boshqa bu haqda og‘iz ochmayman”

Muhsin Nizomiddinov: “Bir marta hakam to‘g‘risida gapirganman, boshqa bu haqda og‘iz ochmayman”

Baho:
+ | -

Pro liganing 13-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Qo‘qon-1912” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O‘yin haqida…

– Guvohi bo‘lganingizdek, muxlislarga manzur keladigan o‘yin bo‘ldi. Ikki xil taym ko‘rdik. O‘yin avvalida qiyinchilikka duch kelishimizni bilardik. Ob-havo ham bugun yaxshi tusga kirdi. Raqib jamoada murabbiy o‘zgardi. Asror Aliqulov tajribali murabbiy sanaladi. Shunga qaramay, o‘ylagan niyatimizga yetdik.

– Hakamlarga qanday baho bera olasiz?

– Bir marta hakamlar to‘g‘risida gapirganman, boshqa bu haqda og‘iz ochmayman. Ular hali yosh, bugun xatoga yo‘l qo‘yishdi, deb o‘ylamayman. Ehtimol, qaysidir epizodda yanglishgan bo‘lishi mumkin.

– Zaxiradan maydonga tushirgan shogirdingizni yana zaxiraga oldingiz, buni boisi nimada?

– Bu holat avvalgi o‘yinlarda ham sodir bo‘lgan. Isoqjonovning jarohati bor, u oyog‘idan ukol olib, maydonga chiqmoqda. Jarohat uning to‘laqonli harakatlanishiga imkon bermadi. Shu sabab almashtirdik. Uning o‘rniga tushirilgan Beshimov ham yaxshi taassurot qoldirdi.

– Bugun darvozabonga ko‘p e’tiroz bildirdingiz…

– Unday emas. Bizda ikkita bir xil darajadagi darvozabon bor. Posbonimizning ham jarohati mavjud edi, uni almashtirmadik. Shunga qaramay, o‘z qo‘rg‘onini munosib qo‘riqladi.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:04, 09.08.2023.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик