Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. "Navbahor" - "Paxtakor". Prevyu

Superliga. "Navbahor" - "Paxtakor". Prevyu

Baho:
+-1 | -

Superliganing 16-turida "Paxtakor" Namanganda "Navbahor"ga qarshi o‘ynaydi.

"Navbahor"dan Abror Ismoilov diskvalifikasiya tufayli mazkur bellashuvda maydonga tusha olmaydi. Ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda. Yuqori ligada eng ko‘p to‘qnashuvlar shu ikki klub o‘rtasida kuzatilgan.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 65 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 40 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 12 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 107 gol urilib, 50 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 9 bahsda "Sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Ayni paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 32 bahsning 13tasida jamoamiz zafar quchgan bo‘lsa, 7 o‘yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv raqib g‘alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 37 to‘p kiritib, 30 gol o‘tkazib yuborgan.

Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgan.

“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 10 avgust, payshanba kuni 20:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:47, 09.08.2023.
O'qildi: 2516 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.