Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan birga ilk sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin (video)

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan birga ilk sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin (video)

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Leagues Cup 1/8 finalida “Inter Mayami” “Dallas” ustidan g‘alaba qozondi, Lionel Messi uchrashuvda dubl qayd etdi.

Messi uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisobni ochdi, unga “Barselona”ning sobiq himoyachisi Jordi Alba uzatmani amalga oshirdi.

Undan keyin uchrashuvda yana gollar urildi, 85-daqiqaga kelib, hisob 3:4 “Dallas” foydasiga hal bo‘layotgandi. Biroq o‘sha daqiqada Leo jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 

Uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va unda “Inter Mayami”ning qo‘li baland keldi. Messi birinchi zarbani aniq amalga oshirdi.

Mana bu Messining “Dallas”ga qarshi o‘yindagi harakatlari aks etgan video:


Leo allaqachon “Mayami” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar to‘rtligiga kirib ulgurdi. Shuningdek, u jarima zarbasidan gol urish bo‘yicha Bekhemga yetay deb qoldi.

Argentinalik futbolchining “Inter Mayami”dagi statistikasi juda tezlik bilan o‘smoqda. Messi yangi jamoasidagi 4 ta o‘yinda 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirib, jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar kuchli to‘rtligiga kirdi. Oldinda Robert Teylor, Leonardo Kampana va Gonsalo Iguain bor.

Messi ketma-ket uchinchi o‘yinida dubl qayd etmoqda. “Dallas”dan oldin “Orlando” va “Atlanta” jamoalari darvozasini ikki martadan ishg‘ol qilgandi. “Inter”dagi debyut o‘yinida esa “Krus Asul” darvozasiga so‘nggi daqiqalarda jarimadan g‘alaba golini urgandi.

Shuningdek, Leo futbol tarixida jarima zarbasidan gol urish statistikasini ham yaxshilab bormoqda. “Dallas” darvozasiga urilgan gol futbolchining 64-goli edi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Juninyo Pernambukano (77 ta gol), Pele (70), Viktor Legrotale, Ronaldinyo (66 tadan) va Devid Bekhem (65) Messidan oldinda. Argentinalik tez orada “Inter Mayami” xo‘jayinini ortda qoldirishi mumkin.

Messi o‘zini ko‘rsatayotgan Leagues Cup qanaqa turnir o‘zi?

Leo hali MLS’da o‘ynagani yo‘q. U “Inter Mayami”ni Leagues Cup’da yetaklamoqda. Bu turnirda MLS jamoalari va Meksikaning oliy ligasidagi klublar ishtirok etadi.

Leagues Cup musobaqasi ilk bor 2019 yilda o‘tkazilgandi — chempion Meksikaning “Krus Asul” jamoasi edi. O‘shanda turnirda 8 ta jamoa ishtirok etgan va o‘yinlar pley-offdan boshlangan.

2020 yilda kovid sabab, musobaqa o‘tkazilmagan, 2021 yilda esa yana Meksika klubi chempion bo‘lgan. Bu safar “Leon” shohsupaga chiqqan. O‘sha yili ham tashkilotchilar 2019 yildagi formatni saqlab qolgan.

2022 yil yozda turnir darajasi pastroqqa tushgan — ko‘p yukalamalar tufayli MLS va Meksika klublari atigi 5 ta ko‘rgazmali o‘yinlar o‘tkazgan.

2023 yilda esa musobaqa tashkilotchilari kech ko‘lamli islohotlarga qo‘l urdi — turnirda MLS va Meksika oliy ligasining barcha jamoalari ishtirok etadigan bo‘ldi. 21 iyuldan 31 iyulga qadar guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi, uchta jamoadan iborat 15 ta guruhdan ikkitadan klub pley-offga yo‘l oldi.

Avgust oyi boshida 1/16 final o‘yinlar start oldi. 19 avgustda esa final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs ham o‘sha kunga belgilangan. Uchta eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa KONKAKAF Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi, Leagues Cup g‘olibi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qit’alararo turnirning 1/8 finaliga yo‘l oladi.

Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” guruhdagi ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan bo‘lsa, 1/16 finalda “Orlando” taslim etildi. 1/8 finalda esa “Dallas” to‘sig‘i vayron etildi.

Lionel Messi esa 7 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Avgust oyining oxirida MLS o‘yinlari boshlanadi. U yerda “Inter Mayami”ning ishlari yaxshi emas. “Inter Mayami” o‘z konferensiyasida 15-o‘rinda bormoqda va pley-off zonasidan 11 ochko ortda qolmoqda. Boshqa konferensiyada “Inter Mayami”dan kam ochko to‘plagan jamoa yo‘q, shuning uchun “Inter Mayami” Messi kelguniga qadar butun MLS’da eng oxirgi jamoa bo‘lib turgandi.

Doimiy chempionat avgust oyi oxirida davom ettiriladi va oktyabr oyiga qadar davom etadi (“Inter Mayami” yana 12 ta o‘yin o‘tkazadi). Lionel Messida esa jamoasini MLS pley-offiga olib chiqish uchun imkoniyat bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:46, 09.08.2023.
O'qildi: 5600 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.