Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-0 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ibrohim G‘anixonov: "Andijon" klubiga yordam berishni maqsad qilganman"

Ibrohim G‘anixonov: "Andijon" klubiga yordam berishni maqsad qilganman"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi yozgi seleksiya chog‘ida iqtidorli yarim himoyachi Ibrohim G‘anixonovni qo‘shib olganidan xabaringiz bor.

Albatta, ushbu futbolchining qo‘shilishi jamoadagi raqobatni kuchaytirayotgani tabiiy. Ayni paytda G‘anixonov mashg‘ulotlarda o‘zini har tomonlama ko‘rsatish uchun astoydil mehnat qilmoqda.  

Futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga klubga qo‘shilishi, ilk taassurotlari hamda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan gaplashdim va jamoaga o‘tishga qaror qildim. Shuningdek, klub bosh direktori Ulug‘bek aka Mirzayev bilan ham gaplashib oldim. O‘zaro suhbatdan keyin biz shartnoma imzoladik.

Jamoadagi taassurotlarim juda yaxshi. Futbolchilar nihoyatda ahil, jamoa zo‘r. Qo‘shilib ketishim qiyin bo‘lmadi. Negaki, qishki yig‘inda ham “Andijon” bilan birga shug‘ullangandim. Shuning uchun futbolchilar yaqin do‘stlarimdek bo‘lib qolgan. Muhimi, har bir o‘yinga yaxshi tayyorlanib, g‘alaba qozonish va “Andijon” klubiga yordam berishni maqsad qilganman.

Har bir muxlis jamoasidan g‘alabani talab qiladi. Ishqibozlarimiz juda faol va doimo qo‘llab-quvvatlashyapti. Bizning fikru-hayolimiz faqat g‘alaba bilan bog‘liq. Bo‘lajak bahsda ham maydonga uch ochko uchun tushamiz, bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. “Bunyodkor”ga qarshi tayyorgarligimiz yaxshi ketyapti. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman”, - deydi Ibrohim G‘anixonov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 03:53, 10.08.2023.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик